Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiyning ilmiy dumyo qarashi
Muso Al-Xorazmiy falsafiy qarashlari
Download 32.42 Kb.
|
Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiyning ilmiy dumyo qarashi-fayllar.org
3. Muso Al-Xorazmiy falsafiy qarashlari.
Muhammad alXorazmiy musulmon Sharqi va jahonda tabiiy va aniq fanlar rivojiga salmoqli hissa qo’shgan buyuk allomadir. Muhammad al-Xorazmiy arab xalifaligining poytaxti Bag’dodda «Donishmandlik maskani» («Bayt ul-hikma») ga rahbarlik qilgan. Uning «Astronomiya jadvali», «Hind hisobi to’g’risida risola», «Quyosh soati to’g’risida risola»,«Musiqa haqida risola», «Tiklash va qarshi qo’yish hisobiga oid muxtasar kitob» kabi asarlarida algebra sohasiga asos solindi. Sharq xalqlari orasida «Buyuk matematik» unvoniga sazovor bo’lgan Ahmad al-Farg’oniy (taxm. 798 y. da Quvada tug’ilgan) astronomiya va matematika sohalarida nom taratdi. Uning «Samoviy jismlar harakati va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob», «Astronomiya asoslari», asarlarida koinot xaritasi tuzildi. Er va fazoviy sayyoralar hajmi, iqlimlar, jo’g’rofiy kengliklar to’g’risida kuzatuvchilar orqali asoslangan yangi ma’lumotlar berilgan, ilm-fanning yangi yo’nalishlariga asos solingan. Qo’lga kiritilgan ma’lumotlarni umumlashtirish, tadqiqotda hissiy va aqliy mushohada mushtarakligi allomaga xos xususiyatlar sifatida dunyoqarashni shakllantirishningmuhim omillari bo’lib keldi va undan keyin yashagan ilm ahligata’siri sezilib turdi. Falsafiy bilimlarning mazmuni o’z ichiga sog’lom fikrni jamlab, hodisalarning eng muhim sabablarini bilishga va ulardan kundalik amaliy faoliyatda foydalanishga qaratilgan bo’ladi. Aynan mana shu kundalik bilimlarda, ularning teran ma’nosida insoniyat hayotining bebaho qadriyat “donolik” deb nom olgan fazilati qiyomiga etib, chuqur ma’no kasb etib boraveradi. Tabiat to’g’risidagi bilimlarda bunday qadriyat ishlatilmaydi. Shuning uchun ham biz ba’zan kishilarni “o’z fanini yaxshi biladigan mutaxassis” deymiz, lekin uni hech qachon “dono odam” demaymiz. Mabodo u yoki bu olim to’g’risida mazkur tushunchani qo’llaydigan bo’lsak, u o’sha olimning o’z fanini nechog’liq bilishbigini ifodalaydi, balki o’sha olimning olamga, hayotga nisbatan umumiy munosabatiga taalluqli bo’ladi. Falsafiy fikrlash qobiliyati mutaxassis faylasuflar bo’lmagan kishilarda ham, donolik deb ataluvchi xususiyatni shakllantiruvchi boradi. Ayni vaqtda, xususan, falsafa ilmi bilan shug’ullanuvchi kishilar o’z sohasi muammolari ustida fikr-mulohaza yuritishi jarayonida, kundalik turmushga nisbatan munosabatlar jarayonida shu qadar yuksaklikka ko’tariladiki, ularning erishgan darajasi biz aytayotgan “donolik” tushunchasiga muvofiq keladi. “Donolik” degenda biz hayotiy tajribaga tayanadigan teran aql-idrokni, haqiqat va yaxshilik birligini, oliy haqiqatni, sevgi va rostgo’ylik mushtarakligini, aqliy va axloqiy kamolotning oliy darajaga etgan holatini, qadriyatlarni qadrlash, his-tuyg’ularining hayotga singib ketishini, har qanday narsaga va hodisaga mehr bilan qarash, har qanday harakatga tashvishli murakkab holatlarda ham masalaga aql ko’zi bilan qarashni tushunamiz. Download 32.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling