Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiyning ilmiy dumyo qarashi


Kurs ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi


Download 47.38 Kb.
bet2/10
Sana24.12.2022
Hajmi47.38 Kb.
#1056440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Kurs ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi. Xorazmiyning ilmiy merosiga qiziqish uning hayotlik davridayoq boshlangan. Xorazmiy asarlari 12-asr boshidayoq Yevropa shaharlariga kirib borgani maʼlum. Kitoblarga ehtiyoj kuchayganidan soʻng ular lotinchaga tarjima qilingan. Xorazmiyning „Algebra”, „Arifmetika“, „Geografiya“si va „Zij“i 16-asrgacha darslik vazifasini oʻtagan. Xorazmiy asarlari oʻsha davrlarda Hindistonga ham olib ketilgani haqida dalillar mavjud. 19-asr boshlarida Xorazmiy merosiga tarixiy nuqtai nazardan qiziqish boshlangan. Xorazmiy „Algebra“sini 1817-yilda K. Koulbruk qisman, 1831-yilda F. Rozen toʻliq hajmda Londonda, 1838-yilda G. Libri Parijda chop ettiradi. Hozir bu asarning inglizcha (L.S. Karpinskiy, 1915-yil, AQSH), arabcha (A.M. Musharrafa, 1939-yil), ruscha (Yu.Xorazmiy Kopelevich, B.A. Rozenfeld, 1964-yil) va boshqa nashrlari mavjud.Oʻzbekistonda Xorazmiy hayoti va faoliyati bilan birinchi boʻlib T.N. Niyoziy qiziqqan. 1960-yillardan S.H. Sirojiddinov va G.P. Matviyevskaya rahbarligida Yaqin va Oʻrta Sharq fani tarixi, jumladan, Xorazmiy merosini oʻrganish va dunyo miqyosida targʻib qilish boʻyicha keng koʻlamda ilmiy tadqiqotlar boshlab yuborildi. 1983-yilda buyuk olim tavalludining 1200-yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan Xalqaro ilmiy anjuman (Moskva, Toshkent va Urganch shahrida) Xorazmiyning jahon sivilizatsiyasida tutgan oʻrnini belgilashda muhim tadbir boʻldi. Hozirgi kunda Urganch davlat universiteti, Oʻzbekistonning turli joylarida koʻplab maktab va boshqa obyektlar „Xorazmiy“nomi bilan atalgan.
Kurs ishining asosiy maqsadi.Xorazmiy asarlarining mohiyatini aniqlash va uni takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. Xorazmiy asrlaridagi fikrlarni hayotga tatbiq qilish kurs ishining asosiy maqsadi xisoblanadi.
Kurs ishi obyekti.Xorazmiy asarlarini bugungi hayotga joriy etish.
Kurs ishining predmeti.Muso Al-Xorazmiy ilmiy dunyo qarashining mukammalligi va hayotiyligi.
Kurs ishining tarkibi.Kirish, asosiy qismda 5 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar.



Download 47.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling