Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiyning ilmiy dumyo qarashi


Download 47.38 Kb.
bet5/10
Sana24.12.2022
Hajmi47.38 Kb.
#1056440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Asrtonomiya boʻyicha asarlari„Kitob amal bilasturlobot”Xorazmiyning „Kitob amal bilasturlobot“ („Astrolyabiyalar bilan amallar haqida kitob“) asarida qadimiy va oʻrta asr astronomiyasining asosiy kuzatuv asbobi boʻlgan astrolyabiya (arabcha asturlob) yasash va undan foydalanish, osmon yoritqichlarining balandligi, burjlarga kirish vaqti, bir kunlik harakati va ekliptik koordinatalari, geografik obyektlarning koordinatalari, yangi Oy chiqish muddatlarini aniqlash va boshqa aniq va loʻnda qoidalar tarzida (algoritmik uslubda) bayon qilingan. Bundan tashqari, kitobda asr namozi vaqtini aniqlashsinuskvadrat deb ataluvchi asboblar toʻgʻrisida ham soʻz boradi. Bu esa Xorazmiy ilmiy asbobsozlik bilan ham shugʻullanganligidan dalolat beradi.

Ilmiy asarlari.Xorazmiyning „Kitob attarix“ (Xorazmiy „Tarix“i) asarida Muhammad (as) hayoti bilan bogʻliq sanalar, islom tarixidagi muhorabalar, Quyosh tutilishlari, 713-yil 10-martda Antioxiya shahrida yuz bergan dahshatli zilzila, xalifalikdagi siyosiy hodisalar qayd etilgan. Afsuski, bu asar bizgacha yetib kelmagan. Lekin undan olingan koʻchirmalar juda koʻp tarixnavis olimlar (BeruniyYoqut RumiyYaʼqubiyElias Bar ShinoyiHamza IsfahoniyAt-TabariyAl-Masʼudiy va boshqalar) kitoblarida uchraydi. Bundan koʻrinadiki, Xorazmiyning „Tarix“i uz davrida mashxur boʻlgan va keng tarqalgan. Asar usha davrning boshqa tarixchilar yozgan kitoblaridan voqealarni aniq qayd etilishi bilan ajralib turadi.Ahmad al-Fargʻoniy astrolyabiyaga oid asarida Xorazmiyga tegishli sfera geometriyasi haqidagi asarni eslatadi, ammo u hozirgacha topilmagan. Xorazmiy fanning beshdan ortiq sohasini fundamental yangiliklari bilan boyitgani sababli fan tarixidagi ilk qomusiy olim deb sanalishga haqli. Xorazmiy boshlagan bu anʼana keyinchalik Ibn Sino, Beruniy, Leonardo da VinchiLeybnitsLomonosovFranklin kabi olimlar tomonidan davom ettirilgan. „Quyosh soati tekisligda soat yasash”. „ Quyosh soati tekisligda soat yasash” (Ayo Sofiya kugubxonasida saqlanadi) kitobida gorizontal tekislikda quyosh soati yasash, yaʼni soyasi mil vazifasini oʻtovchi plastinka — gnomon oʻrnatish va soat shkalasini chizish qoidasi, gnomon soyasining shkaladagi holatiga qarab vaqtni aniqlash usuli bayon qilinadi. Gnomon soyasining uchi sirpanadigan chiziq — giperbolani yasashda qutb koordinatalari sistemasi qoʻllangan va bu analitik geometriyaga oid dastlabki faktlardan hisoblanadi.


Download 47.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling