rizqlarini Alloh yo'q joydan beradi. Ilm
yo'lini tutgan har mo'minga Alloh jannat yo'lini
ochadi", deganlar.
Ey farzandim! Ko'rib turganingdek, Payg'ambarimiz(s.a.v.) ummatlarini har doim ilmga da'vat
qilganlar.
O'g'lim Musomurod! Ilm darajalarning eng oliysidir. Sen shu oliy daraja talabida bo'l. O'zingni ilmga
bag'ishla. Yomon oqibatlardan faqat ilm bilan qutulasan. Haqiqatga erishib jannat yo'lini tutgan
bo'lasan. Doimo noming dillarda yashaydi. Hurmat bilan yodga olinadi. Payg'ambarimiz(s.a.v.) bu
borada: «Ilmga hayot berganlar hech vaqt o'lmaydi», deganlar. Chunki ilmga hayot beruvchilar
ko'ngillarda yashaydi, jasadi o'lsa-da, nomi abadiy qoladi. Ilmni qaerdan izlasang ham topasan, u
bilan boy bo'lishni o'yla. Ilmu hikmat mo'minning yo'qolgan moliga o'xshaydi. Uni topib olish
mo'minlarning eng asosiy vazifasidir. Rasululloh(s.a.v.): «Hikmat mo'minning yo'qotganidir. Uni
Do'stlaringiz bilan baham: |