Sevimli o’g’lim Musomurod! Agar bu muborak so'zlarni bir oz o'ylab ko'rsang, axloqning yaxshi
sifatlari islomiyatning negizi ekanligini anglab olasan. Poydevorsiz bino bo’lmaganidek, axloqsizlik
bilan islomiyat hech qachon yuksala olmaydi. Axloqsiz odamning islomiyatga aloqasi yo'qdir.
o'g’lim! Namoz o'qib, ro'za tutib bir tarafdan axloqsizlik qilgan kishi dinimizni
tushunmagan bo'ladi. Chunki islomiyat axloq asosiga qurilgan muborak bir dindir. Axloqingni
go'zallashtirish sening birinchi vazifangdir. Axloqning asosi esa nafsoniy hislardan uzoq bo'lib, har bir
O’g’limga 12 nasihat.
Muhammad Kamol
www.ziyouz.com кутубхонаси
7
ishni Uning rizoligi yo'lida qilishdir. Bu dastur seni axloqning eng yuksak cho'qqisiga olib boradi.
Maqsadi haq bo'lgan kishining amali ham solih bo’ladi, maqsadi dunyo bo'lgan kishining
muvaffaqiyatlari ham dunyoda qoladi.
O'g'lim Musomurod! Allohning rizoligi yo'lidan yurib, insonlarni yaxshi xulqlarga boshlagin. Shunday
qilsang, islomiyatning senga taqdim etgan eng oliy dasturini tutib, u bilan eng oliy saodatga
erishasan. Zero, Haqning rizoligiga erishish inson uchun eng katta hadya, eng buyuk muvaffaqiyat
sanaladi.
O'g'lim! Tavba surasining 72-oyati karimasida:
Do'stlaringiz bilan baham: