"Allohning rizoligi hamma narsadan ulug'roqdir. Mana shu haqiqiy ulkan baxtdir", deya
marhamat qilinadi.
Inson bu oyati karimada keltirilgan ulkan fayzga, buyuk najotga harakat qilishi kerak.
O'g'lim! Bu tahsil dunyosidir, insonning bu dunyodagi eng katta muvaffaqiyati Alloh rizosiga
erishishdir. Bunga erishgan kishi eng buyuk saodatga erishgan, najot topgan hisoblanadi.
Suyukli o'g'lim Musomurod! Sen: "Otajon, inson Rabbisini qanday qilib rozi qiladi va Rabbisining
rozi bo'lganini qanday biladi?", deyishing mumkin.
Xuddi sendek bir tolib ustozidan:
— Ey, ustoz!... Allohning rozi bo'lganini inson biladimi? — deya so'rabdi.
Ustoz:
—Allohning rizoligi yashirin. Banda Allohning o'zidan roziligini bilolmaydi, — deya javob beribdi.
Tolib esa buning aksini aytibdi:
— Alloh o'z bandasidan rozi bo'lganini inson biladi.
Ustoz hayrat bilan:
— Alloh o'z bandasidan rozi bo'lganini inson qanday biladi? — deya so'ragach, tolib unga shu
hikmatli haqiqatni so'yladi:
— Ey ustoz! Banda Allohdan kelganga rozi bo’lsa, Alloh ham undan rozidir, — deb "Val-fajr''
surasining quyidagi mazmunli oyati karimasini o'qibdi: «U sendan rozi, sen ham undan rozi»
(28-
oyat).
Ustoziga bu javob ma'qul bo’libdi.
O'g'lim Musomurod! Bu imtihon olamida banda Rabbisidan kelganlarga rozi bo'lsa, Rabbisi ham
undan xushnud bo'ladi. Shu sabab bu oyati karimada Alloh:
"Ey, xotirjam-sokin jon, sen (Alloh ato etgan ne'matlardan) rozi bo'lgan (va Alloh taolo tomonidan
sening amallaringdan) rozi bo'lgan holda Parvardigoring (huzuri)ga qayt! Bas, solih bandalarim
qatoriga kirgin va Mening jannatimga kirgin!" — deydi. Mana, o'g'lim Musomurod, qul Xoliqdan
kelgan hamma narsaga rozi bo'lsa, Alloh ham qulidan rozi bo'ladi.
Musomurod! Sevikli Payg'ambarimiz(s.a.v.) ham bu kishilarni duo qilib:
Do'stlaringiz bilan baham: |