Muhammad kamol o'G'limga 12
kuragini yerga tekkizish emas, g'azab kelgan paytda nafsni yenga olishdir”
Download 175.03 Kb. Pdf ko'rish
|
uglimga 12 nasihat tafakkur ziyouz com
kuragini yerga tekkizish emas, g'azab kelgan paytda nafsni yenga olishdir”, deganlar.
O'g'lim, sen haqiqiy pahlavon bo'l va nafs xurujini yengishga harakat qil, tilingni yomon so'zdan asra. O'g'lim, ahlulllohlar ham: «g'azabning boshi jaholat, oxiri nadomatdir» deganlar. Sen g'azablanganingda telbaga aylanasan, nima qilayotganingni bilmaysan. O'zingga kelgach esa, iztirobga tushib nadomat etasan. O'g'lim! G'azabni sukut bilan yengishga harakat qil, yaxshi bilgilki, bu hayotda g'azablantiradigan ko'p narsalarga uchraysan. Ko'p imtihon qilinasan. Mard bo'l! Bu sinovlarda havoyi nafsga mag'lub bo'lma. G'azablansang yengilasan, hayotda erishgan yutuqlaringni yo'qotasan. G'azab kelganda halimlikni qurol qil. Sen: "Otajon, halimlik nima?" deyishing mumkin. Halimlik g'azab kelganda, telbalik yaqinlashayotganda, muloyim bo'lishga harakat qilishdir. O'g'lim, halimlik jannat ahlining xususiyatlaridandir: halimlik seni jannatga olib boradi. G'azab otiga minsang, jahannamga ketasan. Alloh g'azab va nafsni yenggan kishilarni sevadi. Inson ana shu g'azabli onda tilini tiysa, barcha falokatlarning oldi olinadi. Sevimli o'g'lim, avliyolar buni til ro'zasi deyishadi. Til ro'zasi, yomon so'zlardan tiyilish demakdir. Ko'rdingmi, buyuk Payg'ambarimiz(s.a.v.) bizga qanday o'gitlar bergan. Buni yaxshilab uqib ol, yeyish-ichishdan tiyilish ro'za emas, ro'za yomon so'zlar va yomon hislardan uzoqlashish hamdir. Garchi birov senga yomon so'zlasa ham, sen ularga yomonlik bilan javob qaytarma, o'zingga o'zing men ro'zadorman, deb ayt. Tilingga yomon so'z kelsa, ro'zador ekanligingni esla. Rasuli akramning(s.a.v.) so'zlarini yodingdan chiqarma. O'g'lim Musomurod! Yomon xulqlardan yana biri shahvatdir. Shahvat insonlarni yomonlikka boshlaydi. Shahvat shar'iy-qonuniy yo'l bilan qondirilmasa, saodatga erishib bo'lmaydi, insoniyat falokatdan qutulmaydi. O'g'lim! Tarix sahifalarida yomon hayajonga berilib shahvat qurboni bo'lgan qanchalab insonlarni uchratish mumkin. Bundan saqlanmaganlarni doimo yomon oqibatlar kutadi. Hayotda pokiza yashashni istaganlar o'tganlardan ibrat olishi, bu yomon yo'llardan saqlanishi lozim. Aks holda, har kun, har daqiqada shahvat seni domiga tortadi. Buning davosi oila qurish, diniy
|
ma'muriyatiga murojaat qiling