Axloqsizlikning asosi yettita
O'g'lim Musomurod! Insonlami yomon xulqli qiladigan narsalar bor. Ularni bilib olgin va ularga
yaqinlashma.
O'g'lim! Axloqsizlikning asosi yettitadir. Inson tabiatida shu yetti yomon xulq namoyon bo'lsa,
axloqsiz, beadab sanaladi.
Bulardan birinchisi:
Allohning amrlariga bo'yin egmasdan faqat o'z aqliga suyanib yashashdir. Ha o'g'lim, Kitobi ilohiyni
qo'lga olmasang, unga ko'ngil qo'ymasang, qalbingni shayton istilo etadi, yomonlikka boshlab halok
qiladi. O'g'lim! Hoyu havasdan kech, Qur'oni karim buyurgan axloqni o'rgan!
Seni go'zal axloqdan jaholat yiroqlashtiradi.
Agar johillik miyangga joylashib olsa aqlingni oladi. Seni shayton yo'ldan uradi, tiling qo'pol
so'zlaydi, qo’ling yomon ishlarga ketadi, oqibatda yomon odam bo'lasan. G'azabkor bo'lsang,
uyqungda ham halovat topmaysan, yegan ichganing zahardek bo'ladi. Bu g'azab moddiy va ma'naviy
hayotingni inqirozga boshlaydi. Shu sabab o'g'lim, g'azabingni yengishga harakat qil. G'azabini yenga
olgan nafsini va shaytonni yengadi.
Sevimli o'g'lim Musomurod! Suyukli Payg'ambarimiz(s.a.v) ham: "Asl pahlavonlik birovning
Do'stlaringiz bilan baham: |