muttaqiylar uchundir»
(Toha surasi, 132-oyat),
O'g'lim! Bu oyati karimani yaxshi tushungan oila boshlig'i namozini o'qiydi va oila a'zolariga ham
namoz o'qishni buyuradi. Bu dinimiz asosidir. Oqil oila boshlig'i Haqdan kelganga rozi bo'lib, rizqi
Haqdan kelganini bilib taqvo yo'lini tutadi.
Suyukli bolajonim! Hazrati Payg'ambarimiz(s.a.v.) shu yo’lni tutgan, shu oyati karimaga binoan
kuyovi hazrati Alining(r.a.) uylariga har tong namozda kirar va ularga: "hayyalassolah — turing
namozga", deb ularni namozga da'vat qilar edilar.
O'g'lim, namozga da'vat — ota-ona vazifasidir. Allohga imon keltirgan har bir musulmon namoz
o'qiydi, dinimiz buyruqlariga amal etadi. Namoz butun ibodat, zikr va duolarni jamlaydi, insonlami
turli yomonliklardan saqlaydi. Inson ixlos bilan namoz o'qisa ruhan ham axloqan yuksaladi.
O'g'lim! Bu so'zlarni tinglab sen: "Otajon, ko'p namozxonlar borki, ular nafslarini isloh
qilolmaganlar-ku", deyishing mumkin.
Ular Haqni haqiqiy tanimaganidan shu holga tushganlar. Biror kishi Allohni yaxshi tanib, Uning
sevgisi ila qiblaga boqib duoga qo’l ochib: «Allohu akbar», desa barcha yomon sifatlaridan qutuladi.
Mana shunday namoz o'qish insonni
inson qiladi, eng yuksak darajaga ko'taradi. Qalbini Haqqa bergan Haqning sevimli bandasi bo’ladi. U
yomonlikdan yiroqlashib yaxshilikka yuz tutadi. Shu sabab o'g'lim, Haqqa haqiqiy qaytgan, namoz
o'qigan kishi dinning tayanchini tutgan, asosini qurgan bo’ladi.
O'g'lim Musomurod! Rasulullohimiz(s.a.v.) shu sabab: «Namoz dinning ustunidir, namozini
Do'stlaringiz bilan baham: |