toqatidan tashqari narsani taklif etmaydi," deyilgan. Insonning komillikka yetishish yo’li ruhoniy
yo’ldir. Ruhoniy yo’l esa qalbni Haqqa bag'ishlashdir. Inson doimo Haq zikrida bo’lsa, qalbi ishqdan
yonsa, qalbi doimo Haqda, jismi esa xalqda bo'lib, yomon ish va harakatlardan o'zini saqlaydi. Mana
shu nafsoniy yomonliklardan to’la tiyilgan kishilar Haqning do'sti bo'lishadi.
Biz bularni avliyo deb ataymiz, ular qalbida doimo Alloh zikri bo’lgan zotlardir. Bu darajaga erishish
uchun qalb Xudoda, qo’llar ishda, yurak urishda, ko'ngil zikrda bo'lishi kerak. Hazrat Bahouddin
Naqshbandiy lutf qilganlaridek: "Dil ba Yaru dast ba kor"
O'g’lim Musomurod! Ko'rinib turibdiki, nafsni yengish uchun ko'ngil Haq muhabbati ila to’lishi lozim.
Haq muhabbati ko'ngilga jo bo’lsa, savdo-sotiqda ham baraka bo’ladi. Rasululloh(s.a.v.) ham:
«Mening ko’zim uxlaydi, ko'nglim uxlamaydi», deydilar.
Musomurod! Nafsini yengganlar ko'ngli Haqda bo’lib, Haq sevgisi ila hayot topadilar. Bu dunyoning
g’am-alamlari ila ko'ngilni buzmaydilar. Ular Alloh sevgisi, Alloh zikri ila ko'ngillarini nurafshon
aylaydilar. Alisher Navoiy aytganlaridek:
Do'stlaringiz bilan baham: |