Muhammad kamol o'G'limga 12


Ey Navoiy, boda birla xurram et ko'ngil uyin


Download 175.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/53
Sana04.11.2021
Hajmi175.03 Kb.
#170630
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53
Bog'liq
uglimga 12 nasihat tafakkur ziyouz com

Ey Navoiy, boda birla xurram et ko'ngil uyin, 

Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg'u kelmadi. 

Inson Allohga tavakkal qiladi, ko'nglini unga bog’laydi. 

O'g’lim, Alloh shunaqa harakat qilganlarni sevadi. Rasululloh(s.a.v): "Muvaffaqiyat qozonganlar 

Allohning do'stlaridir," deganlar. 

Bu yerdagi «Muvaffaqiyat qozonganlar» birikmasi Alloh rizoligini topish uchun moddiy va ma'naviy 

sohalarda ishlaganlar, degan ma'noni anglatadi. 

Suyukli o'g’lim Musomurod! Hamma narsaning boshi sog’lom fikrlash, o'rtasi mehnat, mehnatda 

ham sabotdir. Buni so'nggi nafasinggacha tadbiq qil. Rasululloh(s.a.v.) ham: "Sizlardan biringizning 

qo’lingizda bir xurmo ko'chat bo’lgani holda qiyomat qo'padigan bo’lsa ham baribir eksin. Qiyomat 

qo'pyapti deb otib yubormasin," deganlar. 

O'g'lim, inson faqat o'zi uchun yashamaydi. Boshqalar uchun ham yashaydi. Har sohada yaxshi 

yodgorlik qoldirishga harakat qiiadi. 

O'g'lim, senga bir hikoyani so'zlab beraman. Xorun Rashid bir kichkina nihol ekayotgan qariyani 

ko'rib qoldi. Unga: 

— Otaxon! Sen bu ekayotgan niholning mevasini ko'rmaysan-ku, bu qadar terlab pishasan. 

O'zingni qiynama, — dedi. 

Xorun Rashidga: 

— Ey podshoh! Bizdan avvalgilar daraxt ekdilar. Biz ulardan bahramand bo'ldik. Endi biz ham 

ekayapmizki, bizdan keyingilar bahramand bo’lsin, — dedi. 

Xorun Rashid qariyaning bu hikmatli so'zidan mamnun bo'libdi. Darhol cho'ntagidan bir oltin olib 

qariyaga uzatibdi. Qariya: 

—  Podshohim! Ko'rdingizmi? Ekkan niholimni mevasini hozir oldim, — debdi. 


Download 175.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling