Muhammad-mehdi


Download 13.57 Kb.
Sana16.09.2023
Hajmi13.57 Kb.
#1679733
Bog'liq
xulosa




Xulosa


Men malakaviy amaliyotni “ MUHAMMAD-MEHDI ” fermer xo’jaligida o’tadim. Amaliyot boshida texnika xavfsizlik qoidalari, fermer xo’jalik tarixi va ichki tartib qoidalari bilan tanishdim. Traktor va qishloq xo’jaligi mashinalari bilan ham tanishdim va ular ustida ish olib bordim va o’z topshirig’im bo’yicha amaliyot o’tadim.
Shaxsiy topshirig’im bo’yicha chizmalarni chizishda “ Transport vositalarining avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari ” fanidan olgan bilimlarim va ularni spesifikatsiyasini tushishda amaliyot rahbarimning o’rgatgan bilimlari orqali bajardim.
Shu tariqa o’z topshirig’imni o’z vaqtida topshirdim.

Kirish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
FERMER, DEHQON XO‘JALIKLARI VA TOMORQA YER EGALARINI MOLIYAVIY QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, ekin yerlaridan samarali foydalanish, hududlarda fuqarolarning bandligi va farovonligini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) 413 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘lari tijorat banklari orqali kredit mablag‘lari ajratishga yo‘naltirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Jamg‘arma “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda AT “Xalq banki” bilan birgalikda Jamg‘arma tomonidan avval ajratilgan kredit mablag‘larining so‘ndirilgan qismi hisobidan yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit mablag‘lari ajratilishini ta’minlasin.
3. Moliya vazirligi Jamg‘armaga tijorat banklari orqali “Tomorqa xizmati” MChJlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda tomorqa yer egalarini moliyaviy ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini qo‘llab-quvvatlashga jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz mablag‘lari hisobidan 200 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratsin.
Belgilansinki, mazkur mablag‘larning 100 milliard so‘mi joriy yilning birinchi choragida, qolgan qismi haqiqiy talabdan kelib chiqib, keyingi choraklarda moliyalashtirib beriladi hamda kamida 50 milliard so‘mi “Turonbank” ATB orqali limonchilik yo‘nalishidagi loyihalar uchun ajratiladi.
4. Moliya vazirligi Jamg‘arma tomonidan tijorat banklariga ajratilgan kredit mablag‘larining samarali ishlatilishi bo‘yicha o‘rganish olib borsin va natijasi bo‘yicha 2021-yilning 1-mayiga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.
5. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi

qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda kiritsin.


6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-yanvar,
PQ-4964-son


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 07/21/4964/0066-son)
Prezidentimizning mazkur qarori munosabati bilan yurtimizda keng ko’lamli ishlar olib borildi va qisqa vaqt ichida fermer xo’jaliklarida katta o’zgarishlar olib borildi va fermer xo’jaliklar soni ortdi.
Download 13.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling