Muhammad Yusuf ijodida qoʻllangan iboralarda ma'no koʻchishlar. Abduqahhorova Hosiyat
Download 15.22 Kb.
|
Ismatullayeva Iroda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Аннотация В данной статье представлена информация об изменении значения выражений используемых в произведениях Мухаммада Юсуфа. Abstract
- Foydalangan adabiyotlar.
Muhammad Yusuf ijodida qoʻllangan iboralarda ma'no koʻchishlar. Abduqahhorova Hosiyat Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi oʻqituvchisi. Ismatullayeva Iroda Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti Oʻzbek tili va adabiyoti yo'nalishi 1-kurs talabasi. Annotatsiya Ushbu maqolada Muhammad Yusuf ijodida qo'llangan iboralarda ma'no ko'chishlar haqida maʼlumot berilgan. Аннотация В данной статье представлена информация об изменении значения выражений используемых в произведениях Мухаммада Юсуфа. Abstract This article provides information about the shifts in meaning in the expression used in Muhammad Yusuf's works. Kalit soʻz. She'r, ibora, maʼno koʻchishlar, ijod, lirika, badiiy adabiyot. Oʻzbek xalqining bulbulzabon farzandi, sevimli shoiri Muhammad Yusufning ijodi, sheʼriyati haqida har qancha gapirsak, maqtasak ham ozdek tuyulaveradi, nazarimda. Muhammad Yusuf milliy adabiyotimizni va madaniyatimizni rivojlantirish, xalqimiz ma'naviyati va ong-u tafakkurini yuksaltirish, yosh avlod qalbida o'zlikni anglash, milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini, ezgu fazilatlarni kamol toptirishga yorqin isteʼdodi va betakror badiiy asarlari orqali insonlar qalbida hayrat va hayajon uygʻotib kelayotgan betakror ijodkordir. Muhammad Yusuf yetuk soʻz sanʼatkori sifatida frazeologizmlardan, maʼno koʻchishlardan unumli foydalangan. Voqelikni real ifodalash va o'quvchiga estetik taʼsir etish vazifalarini uygʻun tarzda amalga oshirgan. Shoir ijodida qoʻllangan iboralarda ma'no ko'chishlarning turli jihatlarini uchratish mumkin. Shu oʻrinda frazeologiya va maʼno koʻchishlarga toʻxtalib oʻtsak. Frazeologiya (yun. Phrasis-ifoda, va ...loviya). 1. Tilshunoslikning tilning frazeologik tarkibini o'rganuvchi va uning hozirgi holatida va tarixiy taraqqiyotda tekshiruvchi bo'limi. 2. Muayyan tildagi frazeologizmlar majmui. Tilshunoslik boʻlimi sifatidagi frazeologiyaning asosiy diqqat eʼtibori frazeologizmlar tabiatini va ularning kategorial belgilarini oʻrganishga, shuningdek frazeologizmlarning nutqda qoʻllanish qonuniyatlarini aniqlashga qaratiladi. Frazeologiyaning eng muhim muammosi frazeologizmlarni nutqda hosil qilinadigan so'z birikmalaridan farqlanib, ajratib olish va shu asosda frazeologizmlarning belgilarini aniqlashdir. Frazema koʻchma maʼnoli turgʻun konstruksiyasidir. Masalan, "zo'raymoq" (leksema), avj olmoq (frazema), qiynalmoq (leksema) - azob chekmoq (frazema) kabi. Demak, frazema ham leksema kabi lugʻaviy birlik sanaladi, ammo oʻzining ifoda va mazmun planlaridagi qator bilan leksemadan farqlanadi. Ma'no ko'chishlar. Ma'no koʻchishi bir narsaning nomini aytib boshqa narsani nazarda tutushdir. Tasavvur qiling, siz tashqaridan kelib, xonaga poyabzalingiz bilan kirib keldingiz. Shunda oyingiz: "oyogʻingni nega yechmading" deb koyidi. Etibor bering oyingiz "poyabzalingni" demayapti. "Oyogʻingni" deyapti. Lekin siz "oyogʻingizni" emas, poyabzalingizni tushundingiz. Endi yuqoridagi taʼrifni yana takrorlaymiz. Ma'no koʻchishi bir narsaning nomini aytib, boshqa narsani nazarda tutushdir. Ma'no koʻchishning to'rtta turi bor. 1.Metafora, 2. Metonimiya, 3.Senekdoxa, 4. Vazifadoshlik. Metafora- o'xshashlik asosida. Choynakning burni, odamning burni, ogʻir kun- ogʻir yuk. Metonimiya - ichki aloqadorlik, bogʻliqlik. Tinchlikda tushaman, yegirma beshga kirdim. Senekdoxa- qism orqali butun, butun orqali qism. Qoʻlini kesib oldi, tuz totmadi. Yuqorida aytib oʻtilganimizdek shoir Muhammad Yusuf ibora va maʼno koʻchishlarni sheʼrlariga marjondek terolgan. Bu esa oʻz navbatida sherga oʻzgacha joziba baxsh etgan va uning taʼsirchanligini oshirgan. Masalan, Bu dard yetar sizga o'la-o'lguncha , Bardoshingiz togʻdek bo'lmasa buncha? Nolang haqqa yetib qaytib kelguncha, Xursand yashash qiyin, Xursanoy opa. Misrasida "bardoshi togʻdek" iborasi "chidamli, matonatli" ma'nosida qo'llanilib, shakl o'xshashligini ifodalagan. Bu oʻzbek tilida tilida metofarik yoʻl bilan ma'no ko'chishi deb izohlanadi. Shoir ijodida bunday iboralarning koʻp o'rinlarda ishlatilganini koʻrish mumkin. Shoirning "Jayron" nomli yana bir sheriga diqqat qaratsak. Yurak qoning toʻkilgan soʻqmoq Bagʻri alvon lolaqizgʻaldoq. Senga toshlar otdi qay gumroh, Jayron, nega koʻzing toʻla yosh. Yuqoridagi misrada "bagʻri alvon", "lolaqizgʻaldoqqa gumrohning tosh oʻtishi, kabi jumlalar eʼtiborimizni tortdi. Shoir qizgʻaldoqning bagʻri alvonligini ma'no ko'chishning metafora turida jonlantirgan. Aslida qizgʻaldoqning bagʻrining qizilligini hech kim ko'rmagan. Yana bir "Onaizor" sherida esa "ko'nglini yotmoq", "ko'ksini kuydirmoq", "sevgini ko'mmoq" kabi iboralarni keltirarkan bu orqali sheʼrning taʼsirchanligini oshiradi, shuningdek kitobxonning tafakkur mashalini yoqadi. Shoir salbiy munosabat ifodalash, salbiylik-ijobiylik boʻyogʻini iboralar orqali ham ifodalaydi. "Bagʻri tosh" iborasini quyidagi misrada koʻramiz. Bir bor qosh uymagan qalam qoshligim, Sochingdagi oqlar bagʻri bagʻri roshligim. Bir shirin soʻz aytmay bitta gul tutmay Sen gulni so'ldirdi mening yoshligim. Tahlillardan shuni koʻrishimiz mumkinki, shoir mohir soʻz sanʼatkori sifatida ona tili imkoniyatlarini yaqqol namoyon qiluvchi frazeologik birliklarning informativ funksiyasi bilan bir qatorda ekspressiv imkoniyatini ham zukkolik bilan idrok etgan. Shuningdek, oʻzi ham tilda mavjud soʻzlar birikuvlariga obrazli ifoda tusini beradiki, bu uning ona tilimiz imkoniyatlarini ishga solish qudratiga egaligidan dalolat beradi. Muhammad Yusufning oʻziga xos, boshqalardan ajralib turadigan pozitsiyasi mavjud. Asarlarida "men" shaxs insonlarga murojaat qilinishi benihoyat koʻp. Shoirning oʻziga xos uslubga ega yetuk shoir, qalami oʻtkir ijodkor. Muhammad Yusufning ijodiy mahorati sheʼriyatida yaqqol aks etadi. Mohir shoirning asar, doston namunalarida iboralarga tahlil jarayonida iboralar shoirning dunyoning ijtimoiy hayotning, jamiyatning nuqsonlari va yutuqlarini koʻra olish qobiliyatini ochib bergan. Zabardast, qalamkash shoir Muhammad Yusuf sheʼrlari jozibali ruhda yozilganligini koʻrish mumkin. Shoirimiz jamiyat, yurt, taraqqiyot bilan bir qatorda insoniy tuygʻularini bogʻlab birdek kuylayotgan ijodkordir. Kimki, bugungi kunda zabardast qadam tashlashni, oʻzini anglashni istasa, shoirning betakror ijod namunalarini oʻqib-o'rganib, mushohada yuritib, oʻrnak olsin. Zeroki, bu kabi shoir va haqiqiy, qaysidir maʼnoda chin inson barcha zamonda ham takrorlanavermaydi. Foydalangan adabiyotlar. 1.H.Jamolxonov "Hozirgi oʻzbek adabiy tili" Tahlil- 2005 2.Uz.m wikipedia.org. sayti "Frazeologiya" 3.Telegra.ph. sayti. "Ma'no koʻchish turlari" Download 15.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling