Muhammad Yusufning hayoti va ijodi


Download 444 b.
Sana14.01.2018
Hajmi444 b.
#24471


Muhammad Yusufning hayoti va ijodi

  • Muhammad Yusufning hayoti va ijodi


O'zbek xalqining sevimli farzandi, otashqalb shoir Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani Qovunchi qishlog'ida tug'ilgan. 1971-yili o'rta maktabni tugatgach, Respublika rus tili va adabiyoti institutida tahsil oladi.

  • O'zbek xalqining sevimli farzandi, otashqalb shoir Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani Qovunchi qishlog'ida tug'ilgan. 1971-yili o'rta maktabni tugatgach, Respublika rus tili va adabiyoti institutida tahsil oladi.



Ijodiy faoliyati 1980-yildan boshlangan. Muhammad Yusuf turli nashriyot va tahririyatlarda, turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 1997-yildan umrining so'nggi kun-lariga qadar esa O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash bo'yicha o'rinbosari lavo-zimida ishlagan.

  • Ijodiy faoliyati 1980-yildan boshlangan. Muhammad Yusuf turli nashriyot va tahririyatlarda, turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 1997-yildan umrining so'nggi kun-lariga qadar esa O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash bo'yicha o'rinbosari lavo-zimida ishlagan.



Muhammad Yusufning dastlabki she'rlari «O'zbe­kiston adabiyoti va san'ati» gazetasida 1976-yilda e'lon qilingan. Shundan so'ng «Tanish teraklar», «Bulbulga bir gapim bor», «Iltijo», «Uyqudagi qiz», «Halima enam allalari», «Erka kiyik», «Saylanma» kabi juda ko'plab she'riy to'plamlari nashr etildi. 1989-yilda «Uyqudagi qiz» she'riy to'plami uchun unga Respublika Yoshlar mukofoti berildi.

  • Muhammad Yusufning dastlabki she'rlari «O'zbe­kiston adabiyoti va san'ati» gazetasida 1976-yilda e'lon qilingan. Shundan so'ng «Tanish teraklar», «Bulbulga bir gapim bor», «Iltijo», «Uyqudagi qiz», «Halima enam allalari», «Erka kiyik», «Saylanma» kabi juda ko'plab she'riy to'plamlari nashr etildi. 1989-yilda «Uyqudagi qiz» she'riy to'plami uchun unga Respublika Yoshlar mukofoti berildi.



JAYRON

  • JAYRON

  • Qon yig'latdi qaysi bag'ritosh,

  • Jayron, nega ko'zing to'la yosh? Oyog'ingga qo'yib yotay bosh,

  • Jayron, nega ko'zing to'la yosh?

  • Yurak qoning to'kilgan so'qmoq — Bag'ri alvon lolaqizg'aldoq,

  • Senga toshlar otdi qay gumroh,

  • Jayron, nega ko'zing to'la yosh?

  • Zor yig'lading buncha ham hayhot, Menda ham bor sendagi sayyod,





U rostgo'y shoir, halol va pokiza qalb egasi. U muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qo'shiq to'qiydimi yoki tariximiz va taqdirimiz sahifalarini qalamga oladimi, ularda hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turadi. Uning she'rlari ravon va sod-daligi bilan xalq og'zaki ijodiga hamohangdir.

  • U rostgo'y shoir, halol va pokiza qalb egasi. U muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qo'shiq to'qiydimi yoki tariximiz va taqdirimiz sahifalarini qalamga oladimi, ularda hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turadi. Uning she'rlari ravon va sod-daligi bilan xalq og'zaki ijodiga hamohangdir.

  • Muhammad Yusuf adabiyotimiz va xalqimizga qilgan fidoyi xizmatlari uchun «Do'stlik» ordeniga, «O'zbe­kiston xalq shoiri» faxriy unvoniga sazovor bo'lgan. Muhammad Yusuf 2001-yil 30-iyulda vafot etgan.





Download 444 b.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling