Muhandis xodimlar shaxsining bilish faoliyatining psixologik tavsifi


Diqqat barcha kasb egalari uchun ham birday zarurdir. Ilm olish, kasb


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana22.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1042937
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Muhandis xodimlar shaxsining bilish faoliyatining psixologik tavsifi

Diqqat barcha kasb egalari uchun ham birday zarurdir. Ilm olish, kasb 
egallash, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lish 
uchun ongni bir nuqtaga to‘plab faoliyat ko‘rsatish zarur. 
Diqqat haqida tushuncha 
Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda ko’p narsa va hodisalar ta'sir 
etib turadi. Lekin odamga ta'sir etayotgan bu narsa va hodisalarning hammasi bir 
xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari aniq yaqqol aks ettirilsa, boshqa 
birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana 
shu odamga ta'sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada qaratilishiga 
bog’liqdir. Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va hodisalar aniq va to’la aks 
ettiriladi.
Diqqat tushunchasiga olimlar tomonidan bir qator ta'riflar keltirilganligini 
ta'idlash mumkin. Pashlerning (1998, p. 1) fikricha, “Diqqat muammosini 
o‘rganish psixologlar uchun uzoq yillar davomida muhim ahamiyat kasb etib 
kelgan” Tarixiy manbalardan ma’lumki, “diqqat”ga oid nazariyalar XIX asrning 
oxirlaridan o‘rganila boshlangan. Shunday qilib, bixevioristlar diqqatni ichki 
jarayon deb hisoblaganlar.
Diqqat tushunchasi 1958 yilda Broadberning “Idrok va kommunikatsiya” 
nomli kitobida qo‘llanilgan va ilmiy tushuncha sifatida kiritilgan. Diqqat odatda 
ob’ektni tanlash va nomlashda qo‘llaniladigan jarayon sifatida beriladi. Villiam 
James esa tuyg‘uga e’tibor bergan (1890, pp. 403–404): qolgan barcha buni diqqat 
deb hisoblagan. Bu bilish jarayoni bo‘lib, tafafkkur ob’ektining bir vaqtning o‘zida 
aniq va yorqin shaklda namoyon bo‘lishidir. Diqqat – bu bir vatqning o‘zida 
e’tiborning to‘planishidir.
Villiam James diqqatning “faol” va “passiv” turlarini ajratgan (1890). Faol 
diqqat individual taraqqiyotning yuksalishini, passiv diqqat tashqi stimulga sust 
javob berishdir. Yantisning (1998, p. 252) fikricha, “Stimul – tez va kuchliligiga 
qarab nazorat qilinadi”

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling