Muhandis xodimlar shaxsining bilish faoliyatining psixologik tavsifi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana22.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1042937
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Muhandis xodimlar shaxsining bilish faoliyatining psixologik tavsifi



 Muhandis xodimlar shaxsining bilish faoliyatining psixologik tavsifi 
1. Muhandis xodimlar shaxsining bilish faoliyatida diqqatning o’rni.
2. Kasbiy faoliyat va xissiy bilish jarayonlari.
3. Xotira tiplarining kasbiy faoliyat samaradorligidagi o’rni.
Psixik hodisalar psixik holatlarni, psixik jarayonlarni va psixik 
xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Bularning barchasi tirik organizmning tashqi 
olamni u yoki bu darajada aks ettirishi bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ham bir 
so‘z bilan ruhiy, psixik hodisalar  deb ataladi. Psixik hodisalarning birinchisi 
hisoblangan psixik holatlar deganda tashqi olamni aks ettirish va javob qaytarish
xususiyati, mexanizmlari tushuniladi. Masalan, bolalar va kattalarning dunyoni
aks ettirishlari,sog‘lom yoki betob odamning aks ettirishi,bardam,tetik yoki 
horg‘in, charchagan odamning aks ettirishi sifat xususiyatlari va holatlari bir-
biridan farq qiladi. Psixik xususiyatlar  deganda odam - sub’ektning betakror, bir-
biridan farq qiladigan xususiyatlaritushuniladi. Bunda asosan odamning 
temperamenti, qobiliyati va xarakteri nazarda tutiladi. Psixik hodisalar ichida
psixik jarayonlar etakchi va asosiy mazmunni kasb etadi.
Psixik jarayonlar tashqi olamni ongda aks ettirish, unga javob 
reaksiyalarini berish bilan bog‘liq jarayonlarning barchasini o‘z ichiga oladi.
Psixik jarayonlar signal yoki boshqaruv funksiyasini bajarib, sharoitga 
moslashtirishga yoki javob reaksiyasini berishga xizmat qiladi.
Psixik jarayonlar o‘z navbatida bilish jarayonlari, emotsional jarayonlar,
shaxsning irodaviy holatlari va shaxsning individual xususiyatlari deb
nomlangan qismlarga bo‘lib o‘rganiladi.
Tashqi olamni aks ettirishda rol o‘ynaydigan jarayonlar deganda sezgi, 
idrok, tafakkur,xayolni tushunamiz. Biroq boshqa psixik jarayonlar ham ta’sir 
ko‘rsatadi.
Psixik jarayonlarda birinchi signallar tizimi bilan bir qatorda odam uchun 
xos bo‘lgan ikkinchi signallar tizimi ham ahamiyatlidir.
Xohlagan psixik jarayonning sodir bo‘lishi va davom etishi shunday bir 
ruhiy hodisaga bog‘liqki u barcha jarayonlarda ishtirok etadi, uning
samaradorligiga ta’sir o‘tkazadi. Bu diqqatdir. Diqqat ongning bir nuqtaga
qaratilishi bo‘lib, shaxsning faolligini hamda uning ob’ektiv borliqdagi narsa va 
hodisalarga tanlovchi munosabatini ifodalaydi. Diqqat bo‘lmasa, aniq maqsadga 
qaratilgan faoliyat ham bo‘lmaydi. Diqqatning uch turi bor: ixtiyorsiz, ixtiyoriy,


ixtiyoriydan so‘nggi diqqat turi. Diqqatning quyidagi xususiyatlari bor: diqqat 
ko‘lami, davomiyligi, taqsimlanishi, chalg‘ishi, ko‘chishi, mazmuni va b. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling