6-rasm. Mikrometr
b=0,5 mm ga teng. Mikrometrli muruvat 1 mm ga siljishi uchun S baraban atrofida 2 marta aylanishi kerak. Demak, muruvvat qadami 0,5 mm ga teng. Bunday mikrometr dastasi S da 50 bo`limli shkala bo`ladi. Muruvat qadami b=0,5 mm va barabandagi bo`limlar soni m=50 bo`lganda, mikrometr aniqligi quyidagacha bo`ladi:
Mikrometr bilan o`lchash uchun buyum tayanch E va muruvat A orasiga qo`yilib, A sterjen M buragich yordamida, buyum siqilgunicha buraladi. O`lchanadigan kattalik quyidagi formula yordamida topiladi.
(9)
Bu yerda k - shkalaning eng kichik bo`linmalari soni, b - shkala eng kichik bo`linmasining qiymati, m - barabandagi bor bo`linmalar soni, n-S dasta o`qidagi shkala bo`linmasi bilan mos keluvchi, baraban shkalasidagi bo`linma soni.
Mazkur ishda 0,5 mm, m=50 va (9) formula quyidagi ko`rinishni oladi
(2.1.10)
6-rasmda ko`rsatilgan hol uchun:
Mikrometr yordamida metall plastinkaning qalinligini o`lchash quydagicha amalga oshiriladi,
Metall plastinka mikrometrli muruvat A va tayanch E orasida siqiladi.
k va n larning qiymatlari aniqlanib (2.1.10)chi yordamida zarur kattaliklar hisoblanadi.
Plastina qalinligi h kamida besh marta har xil joylari uchun o`lchanadi.
O`lchamlarning absolyut va nisbiy xatolari hisoblanib, natijalar quyidagi jadvalga yoziladi:
N
|
k
|
n
|
L
|
Lo’r
|
L
|
|
1.
|
|
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
|
|
3.
|
|
|
|
|
|
|
Nazorat savollari
Nonius deb nimaga aytiladi?
Noniusning turlari va ularning ishlash prinsipini aytib bering.
Shtangentsirkul va mikrometrning tuzilishini va ishlash printsipini tushuntirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |