Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
27.3. Geologik qirqimlar Agar geologik xaritalar yer sirtida turli tog’ jinslarining tarqalishini ko’rsatar ekan, qirqim yer pustining ma’lum chiziq bo’yicha vertikal geologik 195 tuzilishi haqida tasavvur beradi. Ular joylarning ma’lum chuqurlikdagi geologik tuzilishini o’rganishga imkoniyat tug’diradi. Geologik qirqimlar chizish uchun eng avvalo uning topografik asosini tiklash kerak. Rel’yefning gorizontallar bilan ifodalangan xaritasi orqali topografik profil’ tuzamiz. Qirqimda qatlamlarning nisbiy qalinligi va qiyaligini aniqroq ko’rsatish maqsadida vertikal masshtab gorizontal masshtabdan 10 marta katta qilib olinadi. Qirqimning topografik asosiga geologik ma’lumotlarni tushiramiz. Buning uchun qirqim chizigi bo’yicha ko’ringan qatlamning enini xaritadan o’lchab, qirqimning nolinchi chizig’iga yoki uning ostidagi tor yo’lga tushiramiz. Bundan tashqari, qirqimga bor gidrogeologik, muhandislik - geolgik ma’lumotlarni, qazilgan burg’ quduqlar va ulardan olingan natijalar tushiriladi (27.1-rasm). Bunday qirqimlar muhandislik - geologik deb ataladi. Qirqimlar qurilish rayonlarini muhandislik - geologik baholashda, zamin jinslarini tanlashda va grunt suvlarini rejimini o’rganishda katta ahamiyatga ega. Muhandislik - geologik xaritalar o’rganilayotgan territoriya to’g’risida maxsus ma’lumot olishga imkon beradi. Muhandislik - geologik xarita tuzishda topografik, hamma turdagi geologik xaritalardan, muhandislik - geologik qidirish ishlarining 27.1 – rasm. Chirchiq vodiysining hududlaridagi geologik – geomorfologik ko’ndalang kesimi (A.M. Xudoyberganov tuzgan). 196 natijalari va jinslarning xossalaridan foydalaniladi. Muhandislik - geologik xaritalar 3 turga: 1) Muhandislik - geologik sharoitlar; 2) Muhandislik - geologik rayonlashtirish; 3) Maxsus maqsadlarga mo’ljallangan muhandislik geologik xaritalarga bo’linadi. Muhandislik - geologik sharoiti xaritasida hamma tur yer usti qurilishlar to’g’risidagi axborotlar bo’ladi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling