Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Litologik xarita
- Muhandislik-geologik xaritalar
- Muhandislik - geologik sharoitlar
- Maxsus xaritalar
Stratigrafik xarita har xil yoshdagi jinslarni tarqalish chegaralarini
ko’rsatadi. Bir xil yoshdagi jinslar xaritada shartli xarfli indekslar bilan belgilanadi va bir xil rangga bo’yaladi. Masalan, yura davri jinslari - havorang, bo’r davri – yashil va x.k. Stratigrafik xarita bilan stratigrafik ustun bo’ladi, u jinslarni yoshi bo’yicha qatlamlanishini aks ettiradi. 219 Litologik xarita jinslarni tarkibini aks ettiradi. Har bir jinsli shartli belgi bilan belgilaydilar. Qurilish uchun geologik tadqiqotlar amaliyotida ko’pincha litologik - stratigrafik xaritalar tuziladi, ularda jinslarni yoshi va tarkibi ko’rsatiladi. Muhandislik-geologik xaritalar – bu o’rganilayotgan hududdagi zaruriy muhandislik - geologik omillar haqidagi ma’lumotlar. Muhandislik - geologik xaritani har birining to’plam tushunchasi bo’lib, u xaritani o’zi, shartli belgilar, geologik kesimlar va tushuntirish yozuvidan tashkil topadi. Muhandislik - geologik xaritani tuzish uchun topografik, har xil turdagi geologik, gidrogeologik tadqiqotlar, jinslarni xususiyatlari va x.k. lar ishlatiladi. Muhandislik - geologik xaritalar turi uch xil bo’ladi: 1) muhandislik - geologik xaritalarsharoitlar, 2) muhandislik - geologik rayonlashtirish va 3) maxsus muhandislik - geologik xaritalar. Muhandislik - geologik sharoitlar xaritasi yerdagi qurilishni hamma turlari uchun hisoblangan ma’lumotlarga ega. Uni qurilish amalga oshiriladigan joyni tabiiy sharoitlarini umumiy baholash uchun ishlatiladi. Muhandislik - geologik rayonlashtirish xaritasi muhandislik - geologik sharoitlarini umumiyligi bo’yicha hududni bo’laklarga (regionlar, oblastlar, rayonlar va x.k.) ajratilishi aks ettiriladi. Maxsus xaritalar qurilish yoki inshootni aniq turiga qo’llash uchun tuziladi. Ular qurilish hududini injener-geologik sharoitlarini bahosi bahosi va injener-geologik sharoitlarini hodisalarini bashoratiga ega. Muhandislik - geologik xaritalarni masshtabi ularni maqsadi va tarkibini mufassalligiga bog’liq bo’ladi: - umumiy sharxiy (sxematik) xaritalar mayda masshtabli (1:500000 va undan mayda) bo’lib, katta xududlarda injener-geologik sharoitlarni tashkil bo’lishi va tarqalishini umumiy qonuniyatlarini aks ettiradi; 220 - o’rta masshtabli (1:200000, 1:100000) xaritalar aholi punktlari, sanoat korxonalri, aloxida, gidrotexnik inshootlari va x.k. larni qurilishini loyixalashni asoslash uchun mo’ljallangan; - mufassal yirik masshtabli (1:1000 va undan yirik) xaritalar sanoat qurilishini konkret ob’yektlarini, shahar hududidagi qurilishlarni va x.k. larni joylashtirishni loyihalash uchun ishlatiladi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling