Muhandislik geologik tadqiqotlar
tepa deyiladi. Tepaning nisbiy balandligi 200 m gacha bo’ladi. Nisbiy balandligi 100 m gacha bo’lgan tepa do’ng
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
tepa deyiladi. Tepaning nisbiy balandligi 200 m gacha bo’ladi. Nisbiy balandligi
100 m gacha bo’lgan tepa do’ng deyiladi. Uzunasiga davom etgan qator tepaliklar- gryada deyiladi, nisbiy balandligi 200 metrgacha bo’ladi. Tog’- atrofidagi tekislikdan qad ko’targan balandlikdir. Nisbiy balandligi 500 metrdan oshadi, gumbazsimon, konussimon, piramida shaklida bo’lishi mumkin. Tog’ning eng baland nuqtasi - tog’ tepasi, cho’qqi. Qatorasiga davom etib ketgan tog’lar-tog’ tizmasi. Relyefning botiq shakllaridan eng kattasi vodiydir. Vodiylarning tagidan daryo, soy oqsa-daryo, soy vodiysi deb ataladi. Vodiyni hamma vaqt daryo oqib turadigan qismi - daryo o’zani (ruslo), toshqin vaqtida suv bosadigan joylar qayir (poyma) deyiladi. Vaqtincha oqqan suv o’yib ketgan uzun chuqurlar jar deyiladi. Odatda jarlarning yon bag’ri tik bo’lib, unda o’simlik o’smaydi. Jarlarning uzunligi bir necha metrdan o’nlab kilometrgasha, chuqurligi 50 metrgacha bo’lishi mumkin. Topografik xaritalarda relyef, asosan, gorizontallar bilan tasvirlanadi. Gorizontal - balandliklari bir xil bo’lgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqdir. Gorizontal - izogips deb ham yuritiladi. Tepalikni bir xil balandlikdan o’tuvchi a,b,c gorizontal tekisliklar kesib o’tgan deb faraz qilaylik. 24 A- Tekislikda gorizontallar hosil bo’ladi, ikki gorizontal tekislik orasidagi vertikal masofa, h-kesim balandligi Ikki gorizontal orasidagi masofa d-gorizontal oralig’i. Yon bag’ir bilan gorizontal tekislik orasidagi burchak α- qiyalik burchagi deyiladi. 25 Topografik xaritalarda yon bag’irning nishabi gorizontallarga qisqa chiziqlar chizib ko’rsatadi. Bergshtrixlarning erkin uchi qaysi tomonga yo’nalgan bo’lsa, yon bag’irning nishabi shu tomonga qaragan bo’ladi. Ma’lum masshtabli topografik xarita uchun qabul qilingan kesim balandligiga muvofiq chizilgan gorizontallar asosiy gorizontallar deyiladi. Topografik xaritalarda va planlarda asosiy gorizontallar uzluksiz egri chiziqlar ko’rinishida chiziladi. Asosiy gorizontallarning kesim balandligi xaritaning ostki tomonida ramkadan tashqarida yoziladi. Relyefni o’qish oson bo’lishi uchun har beshinchi gorizontal yo’g’on qilib chiziladi, agar kesim balandligi 5 metr bo’lsa, 25,50,75… gorizontallar yo’g’on bo’ladi. Agar kesim balandligi 2.5 metr bo’lsa, har o’ninchi gorizontal yo’g’on bo’ladi. Ayrim joylarning relyefini asosiy gorizontallar bilan to’la ko’rsatib bo’lmagan hollarda kesim balandligining yarmiga teng gorizontallar chiziladi. Ular Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling