Muhandislik geologik tadqiqotlar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   192
Bog'liq
-qullanma

qo’shimcha gorizontallar deyiladi. Yarim gorizontallar xaritada punktir chiziqlar 
bilan belgilanadi. Ba’zan kesim balandligining to’rtdan biriga teng bo’lagan va 
yordamchi gorizontal deb ataladigan gorizontal chizilishi ham mumkin. 
Topografik xaritalarda ayrim gorizontallar va o’ziga xos nuqtalarning 
baholanishi yozilib qo’yiladi. Baho - nuqtaning mutlaq balandligini ifodalovchi 
raqamlardan iborat. MDH davlatlarida Baltika dengizi sathi boshlang’ich yuza 
deb qabul qilingan. 
Topografik xaritalarda joy tafsilotlari maxsus shartli belgilar bilan 
quyidagi guruhlarga bo’linib ko’rsatiladi: 
1. Relyef; 
2. Gidrografiya;
3. O’simlik va tuproq-grunt qoplami; 
4. Aholi yashaydigan punktlar, sanoat, qishloq xo’jalik korxonalari va 
ijtimoiy - iqtisodiy obyektlar; 
5. Chegaralar; 
6. Oriyentir bo’la oladigan ayrim obyektlar. 


26 
Topografik xaritalarda joy relyefi gorizontallar bilan, qolgan barcha 
tafsilotlar shartli belgilar bilan tasvirlanadi. 
Topografik shartli belgilar xususiyatlari hamda vazifalariga qarab: 
1. Masshtabli(konturli);
2. Masshtabsiz; 
3. Tushuntiruvchi shartli belgilarga bo’linadi. 
1.Masshtabli yoki konturli shartli belgilar bilan xarita masshtabida 
konturini ko’rsatish mumkin bo’lgan tavsilotlar, masalan, o’rmon, botqoqlik, 
poliz, bog’, ko’l va boshqalar tasvirlanadi. Masshtabli shartli belgilar bilan tasvir-
langan tavsilotlarning uzunligi, kengligi, maydonini aniqlash mumkin. Konturli 
shartli belgilar bilan tasvirlangan tafsilotlarni bir-biridan farq qilish uchun, har bir 
kontur ichiga shu tafsilotlarning shartli belgisi beriladi yoki konturlar turli rangga 
bo’yaladi. Masalan, tokzorga tokning shartli belgisi chizib qo’yiladi, qamishzor 
konturining ichiga qamishning shartli belgisi chizib qo’yiladi, o’rmon yashil 
rangga, ko’l ko’k rangga bo’yaladi va hokazo. Lekin kontur ichida berilgan shartli 
belgi shu belgi bilan tasvirlangan tafsilotning o’rnini va miqdorini bildirmaydi. 
Masalan, bog’ konturi ichida berilgan doirachalar shu bog’dagi daraxtlarning 
o’rnini va ularning sonini bildirmaydi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling