Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.3-rasm
5.1-rasm. Ayrim minerallarning kristal turlari. A – osh tuzi, B – olmos, V – grafit
Kristallarda yoqlari, qirralari va uchlari bo’ladi (5.2-rasm). Kristallarda yoqlari, qirralari va uchlari soni hamma kristallarda turlicha bo’ladi. Kristallarda simmetriya o’qlari bo’lib, uni o’q bo’yicha aylantirilganda, qirralarini bir - biriga mos tushishidir. Masalan: 6 qirrali muntazam prizmani o’z o’qi atrofida har 60 0 ga aylantirilsa uning qirralari, yoqlari va uchlari dastlabki holatiga mos tushadi. Demak bu kristall simmetrik tuzilgandir. Simmetriya tekisligi esa kristallarning teng ikkiga bo’luvchi xayoliy tekislik bilan ifodalanib, R - harfi bilan belgilanadi va nihoyat simmetriya markazi bo’lib, kristall ichidagi nuqta bilan belgilanib, - to’rning cheklangan elementlari (parallel qirralar, uchlar) dan baravar uzoqlikda joylashgan bo’ladi (5.3-rasm). 5.2-rasm. Ayrim minerallar kristallari shakli. 1-kvarts, 2-gips, 3-kal`tsit 30 O’q tekisliklari va simmetriya markazlari simmetriya elementi deb ataladi. Kristallarda simmetriyaning 32 xil ko’rinishi bo’lib, 7 guruhga yoki Kristallogra- fik singoniyalarga ajraladi. Ular triklinik, monoklinik, rombik, trigonal, tetrogonal, gegsogonal, kub singoniyalardir. Ular murakkablik jihatidan quyi, o’rta va yuqori singoniyalarga bo’linadi. Bu singoniyalarga kiruvchi minerallar kristallarida yoqlar, tekislik, markaz va o’qlar soni ifodalangan va bir mineral ikkinchisidan shu bilan farq qiladi. 5.3. Minerallarning fizikaviy xossalari. Minerallarning asosiy fizikaviy xossalari qattiqligi, zichligi, birikkanligi, sinishi, yaltiroqligi, rangidir. Ular minerallarning kimyoviy tarkibi va kristal panjaralarning tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Qattiqligi. Minerallarning qattiqligi unga biror qattiqrok bo’lgan moddaning botib kirishiga qarshiligi tushunilib, qattiqligi ma’lum bo’lgan mineral yoki predmet bilan tirnalib aniqlanadi. Minerallarning qattiqligini Moos shkalasi bo’yicha aniqlanib, unda qattiqligi 1 dan 10 gacha bo’lgan minerallar qattiqlik navbati bilan joylashgandir. 5.3-rasm. Simmetriya tekisliklari va markazi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling