33
yaltirab turadi. Minerallarning yaltiroqligi bo’yicha quyidagi ko’rinishlari bor:
metalsimon, shishasimon, sadafsimon, yog’li va och qul rang tusdagi yaltiroqlidir.
Rangi. Tabiatdagi minerallar rangi turli xil ko’rinishda uchraydi. Masalan,
misning hamma suvli birikmalari yashil yoki ko’k rangda bo’ladi (malaxit, azurit).
Minerallarning rangi ba’zan ikki xil rangni qo’shilishidan hosil bo’lgan rangda
ham tovlanishi mumkin. Ularning rangiga tarkibida qo’shilgan
begona aralashma
ham ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bularga Fe, Ni, Ti, Ca, Cu va boshqalar bo’lib, oz
miqdorda bo’lsa ham, mineral rangini o’zgartirishi mumkin.
34
6. TOG’ JINSLARINI HOSIL QILUVCHI ASOSIY MINERALLAR
ТOG’ JINSLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Ko’pchilik minerallar
tarkibida asosan kislorod, qumtuproq,
alyuminiy,
temir, kal’tsiy va boshqa kimyoviy elementlar uchraydi. Minerallarning kimyoviy
tarkibi bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linishi mumkin;
Do'stlaringiz bilan baham: