Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- MINERALLARNING KRISTALL TUZILISHI. MINERALLARNING FIZIKAVIY XOSSALARI. 5.1. Minerallar haqida umumiy tushuncha.
28 5. MINERALLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA. MINERALLARNING KRISTALL TUZILISHI. MINERALLARNING FIZIKAVIY XOSSALARI. 5.1. Minerallar haqida umumiy tushuncha. Yer qobig’ida, gidrosferada, atmosferada bo’lib turadigan xilma - xil fizik- kimyoviy jarayonlar tufayli vujudga kelgan tabiiy kimyoviy birikmalar yoki sof elementlar minerallar deb ataladi. Minerallar tabiatda qattiq, suyuq va gaz holatda uchraydi. Hozirgi davrga kelib tabiatda minerallarning 3000 dan ko’proq xili uchraydi. Lekin tabiatdagi tog’ jinslari tarkibida hamma minerallar ham uchrayvermaydi. Tog’ jinslari tarkibiga kiruvchi minerallarni jins tashkil etuvchi minerallar deb ataladi. Tabiatda ko’pchilik minerallar litosferada tarqalgan qattiq tog’ jinslarini tashkil qiladi. Kvarts, dala shpati, slyuda, kal’tsit, shular jumlasidandir. Suv, neft va tabiatda juda ko’p uchraydigan sof simob kabi tabiiy suyuq moddalar ham minerallar qatoriga kiradi. Nihoyat vulqonli rayonlarda yerning yoriqlaridan chiqadigan tabiiy gazlar, masalan, karbonat angidrid, sul’fat angidrid va boshqalarni ham mineral deb atash mumkin. Tog’ jinsi hosil qiluvchi minerallarni paydo bo’lishi, belgilarini, tarkib va xossalarini bilmasdan turib, tog’ jinslarini o’rganib bo’lmaydi. 5.2. Minerallarning kristall tuzilishi. Minerallarni o’rganish bilan - mineralogiya fani shug’ullanadi, kristall va kristalli birikmalarni - kristallografiya fani o’rganib, kristallarning simmet- riyasi, shakli va tuzilishi geometriyasi bilan shug’ullanadi. Qattiq minerallar tabiatda kristall moddalar ko’rinishida, nomuntazam, donador, ko’p yoqli shakl- larda, yoxud yaxlit ko’rinishda uchraydi. Kamdan - kam hollarda esa minerallar amorf holida uchrab, shaklsiz massalarni hosil qiladi. Kristall ko’rinishdagi moddalarning (minerallarning) asosiy xususiyati, ular tarkibidagi atom va ionlarning qat’iy guruhlar bo’yicha fazoda joylashib, kristall to’rlarni hosil qiladi. Geometrik kristall to’r, bir - biri bilan zich bog’langan ko’p yoqlilar (kublar, oktaedrlar, parallelopipedlar, romblar) dan iborat bo’lib, ularning uchlari, 29 markazlari yoki tomonlarining o’rta qismida aniq masofada atomlar (ionlar) joylashgan bo’ladi. Kristall to’rining tuzilishidan minerallar kristallarining geometrik shakli kelib chiqadi. Masalan: osh tuzi (galit) - kub shaklida, tog’ xrustali - prizma shaklida (5.1-rasm). Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling