Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6,17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karbonatlar
Oksidlar - eng ko’p tarqalgani – kvartsdir (SiO
2 ). Kvartsdan tashqari- gematit (yashirin kristallangani - qizil temirtosh, yaxshi kristallangan ko’rinishi- temir yaltirog’i) Fe 2 O 3 , magnetit Fe 2 O 4 , korund (qizil ranglisi - yoqut, mayda donador qora ranglisi jilvir) Al 2 O 3 . Silikatlar - yer qobig’ida eng ko’p tarqalgan minerallar bo’lib (85%), ular- ning hosil bo’lishi magmalarning oqib chiqish natijasidir. Bu minerallar guruhi- ning aksariyati - panjarasimon kristallidir. Silikatlardan umumiy tuzilish va tarkibiga ega bo’lgan dala shpatlari, piroksenlar, amfibolalar, slyudalar, shuning- dek olivin, tal’k, xloritlar, gilli minerallarni ko’rsatish mumkin. Karbonatlar - bu guruh minerallariga uncha yuqori bo’lmagan mustah- kamlik, kichik zichlik, nometal yaltiroqlik (kal’tsit, dolomit) xosdir. Tabiatda ko’p uchraydiganlaridan; kal’tsit (ohak shpati, tiniqlari - island shpati) CaCO 3 , dolomit CaMg(CO 3 ) 2 va sideritdir (temir shpati) FeCO 3 . Sul’fatlar - sul’fat kislotasi tuzlari birikmasi ko’rinishidadir. Ular suvli va suvsiz bo’lishi mumkin. Suvsiz sul’fatlarga: barit BaSO 4 (og’ir shpat), angidrit CaSO 4 (gips uchun xom ashyo). Suvlilarga - gipstosh CaSO 4 *2H 2 O, mirabilit Na 2 SO 4 10 H 2 O, alunit Kal 3 [OH 6 (SO 4 ) 2 ]. Galoidlar – galoidvodorod kislotaning tuzlaridir (HCl, HF, HBr). Eng ko’p tarqalgan galoid minerallaridan xlorid kislota birikmalari bo’lgan - osh tuzi (NaCl) va sil’vindir (KCl). Yuqorida nomlari qayd etilgan minerallar yumshok, katta zichlikka ega emas, ko’pincha oq rang ko’rinishida, lekin begona aralashmalar ta’siri tufayli rangi o’zgarishi mumkin, suvda oson eruvchan bo’ladi. Fosfatlar - fosfat kislotaning tuzlaridir. Eng ko’p tarqalgan apatit va uning gilli va qumli aralashmasi - fosforitdir. Guruh minerallari ko’p tarqalgan emas, ular turfa rangda bo’lib, qattiq sanaladi. 35 Sul’fidlar - Yer qobig’ida rudali minerallar; sul’fidlar, oksidlar va gidrooksidlar ko’p uchraydi. Maxsus guruhni, sof holda tabiatda uchraydigan erkin atomdan tashkil etilgan kristalli metallar va nometallar - sof mis, oltingugurt, oltin, kumush, platina, olmos, grafitlar tashkil etadi. Muhandislik geologiyasida gilli minerallarga alohida o’rin berilgan. Ularga suvli silikatlar va alyumosilikatlar kiradi. Gilli minerallar soni 40 ta gacha yetib boradi. Jins tashkil etuvchilardan kaolinit, montmorillonit, poligorokit, suvli slyudalar va boshqalardir. Gilli minerallar zarralari kristall yoki amorf ko’rinishida bo’lishi mumkin. Bu minerallarni suvda qorilganda plastiklik holiga o’tadi, quritilganda suvsizlanadi, kuydirilganda esa toshga aylanib qotadi. Download 6,17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling