Muhandislik geologik tadqiqotlar


Ohak - natriyli plagioklazlar - labradordan tashkil topgan gabbro -  labrodorit


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   192
Bog'liq
-qullanma

Ohak - natriyli plagioklazlar - labradordan tashkil topgan gabbro - 
labrodorit deb ataladi. Gabbro donador ko’rinishdagi buyum sifatida qoplama, 
yo’lga terishda, betonga to’ldirgich sifatida va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. 
Porfirlar - kimyoviy tarkibi bo’yicha granitlarga yaqini (kvartsli porfir), 
sienitlarga yaqin turgani (kvartssiz porfir), dioritlarga yaqini - porfirit deyilib, 
porfirli strukturalarga ega. Tuzilish bir jinsli bo’lmaganligidan nurashga qarshi 
turg’un emas, yeyilishga kam chidaydi. Boshqa xossalari jixatidan chuqurlik 
jinslariga yaqin turadi. 
Traxit - oqib chiqqan tog’ jinsi bo’lib, tarkibi xuddi sienitga o’xshaydi, 
lekin yer yuzasiga chiqib qotganligi sababli g’ovakli tuzilishga egadir. Traxitdan 
qurilishda devor materiali sifatida, shuningdek beton tayyorlashda chaqilgan tosh 
(sheben’) ko’rinishida ishlatiladi. Traxitning boshqacha ko’rinishi – beshtaunit 


43 
deb atalib, kislotaga chidamli betonlarni tayyorlashda shag’al ko’rinishida
ishlatiladi. 
Andezit. – dioritga o’xshash bo’lsa-da, undan porfirli ko’rinish bilan farq 
qiladi. Zich tuzilishga ega bo’lgan andezit toshidan kislotaga chidamli plita va 
kislotaga chidamli beton tayyorlash uchun tosh ko’rinishida ishlatiladi. 
Diabaz - mineral tarkibi bo’yicha gabbrolarga o’xshab ketadi. Rangi esa 
to’q yashildan qora ranggacha bo’ladi.
Strukturasi - turli yiriklikdagi donali, kristall, va ba’zan porfirli tuzilishga 
ega bo’ladi. Diabazlar, ayniqsa mayda donali diabazlar yuqori mustahkamlikka ega
bo’lib, 450 Mpa gacha yetib boradi. Yuqori zarbiy qovushqoqlikka ega, kam 
yeyiladi. Singanda muntazam shakllar bo’yicha ajraladi. 
Diabazdan yo’l qurilish ishlarida, masalan; yo’llarga yotqizish uchun, 
yo’llar chetlariga teriladigan tosh ko’rinishida, betonga qo’shiladigan chaqiq tosh 
ko’rinishida va ba’zan esa qoplama materiali sifatida ham ishlatish mumkin. 
Diabazdan quyma tosh ishlarida xom ash’yo sifatida, kislotaga chidamli 
buyumlar tayyorlashda foydalanish mumkin. 
Bazal’t – (diabazga o’xshab, gabbro analogi) shishasimon yoki yashirin 
kristalli, ba’zan esa porfir tuzilishli, zich, og’ir tog’ jinsidir. 
Bazal’t kulrangdan toki qora ranggacha bo’lib, yuqori mustahkamlikka 
ega (500 Mpa.) Bazal’tning porfir strukturali bo’lishligi, magmaning sovishi 
paytida hosil bo’lgan yoriqlar va g’ovaklilar tufayli, bazal’tning mustahkamligi 
100 Mpa gacha kamayishi mumkin. Bazal’tlarning yuqori mustahkamligi va 
mo’rtligi ularga ishlov berishni qiyinlashtiradi. Bazal’t ko’prik ustunlari, 
poydevorlar, yo’lkalar, katta ko’chalar qurish uchun va tosh yo’llarga yotqizish 
uchun ajoyib material hisoblanadi. Bazal’tdan shuningdek betonga qo’shiladigan 
chaqiq tosh sifatida, kislotaga chidaydigan material ko’rinishida, quyma tosh 
ishlarida, mineral paxta ishlab chiqarishda ishlatiladi. 
Bazal’tning kamchiligi shundaki, u o’tga ko’p chidamli emas, katta 
yo’llarga yotqizilgan bazal’t toshlari, vaqt o’tishi bilan juda silliq bo’lib qoladi. 


44 
Vulqon mahsulotlari bo’lmish, kukunsimon (1mm gacha) zarralarni - 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling