Muhandislik geologik tadqiqotlar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   192
Bog'liq
-qullanma

Gips va angidrit - kimyoviy cho’kindi sifatida ajralib chiqqan jins bo’lib, 
asosan gips va angidrid minerallaridan tashkil topgan. Tashqi ko’rinishi va 
fizikaviy - mexanik xossalari bo’yicha bir - biridan farq qilmaydi. Qurilishda 
ulardan mineral bog’lovchi moddalar olish uchun, ayrimlaridan esa binolarning 
ichki qismini qoplash uchun ishlatiladi.
Magnezit - kimyoviy yo’llar bilan hosil bo’lgan, magnezit mineralidan 
tashkil topgan jins. Undan qurilishda o’tga chidamli buyumlar va materiallar olish 
uchun, qisman esa bog’lovchi modda (kaustik magnezit) olishda foydalaniladi.
Mel (bo’r) - organik yo’llar bilan hosil bo’lgan, o’simlik qoldiqlaridan 
hosil bo’lgan jins. Kimyoviy tarkibi bo’yicha butunlay kal’tsiy karbonatdan tashkil 
topgan, mustahkamligi unchalik yuqori emas. Qurilishda buyovchi tarkiblarda oq 


46 
pigment sifatida, zamaskalar tayyorlashda, shuningdek ohak va portlandtsement 
ishlab chiqarishda ishlatiladi. 
Diatomit - organik qoldiqlardan hosil bo’lgan kremniyli jinsdir. Bular 
suvli qumtuproqdan (opal) iborat bo’lgan diatomitli suv o’simliklarining 
skeletlari yig’indisidan tashkil topgan. Tashqi ko’rinishidan diatomit oq yoki 
sarg’ish rangli, g’ovak, juda yengil va yumshoq. Bir oz sementlashgan tog’ jinsi 
bo’lib, ko’pincha u yozadigan bo’rga o’xshaydi. Bo’r bilan diatomitning bir -
biridan farqi shuki bo’r NSl da qattiq qaynagani holda, diatomit mutlaqo 
qaynamaydi. 
Trepel - qadimgi geologik davrlardagi dengizlarda yashagan sodda 
o’simliklarning, silitsitli chig’anoqlarning cho’kishi natijasida hosil bo’lgan jins. 
Trepel asosan, mayda (0,01-0,001) opal mineralli zarrachalardan iborat. Rangi oq, 
bo’z, sarg’ish piritsimon bo’ladi. Diatomit va trepellar xossalari bir - biriga yaqin 
bo’ladi. Ularning g’ovakligi 60...70%, zichligi 350-950 kg/m
3
, issiqlik 
o’tkazuvchanligi 0,17.....0,23 VT/(m
0
C), faol qumtuproq miqdori 75....96% ni 
tashkil etadi. Qurilishda diatomit va trepeldan issiqdan himoya qiladigan 
materiallar tayyorlashda, shuningdek mineral bog’lovchi moddalar tarkibiga faol 
mineral qo’shimcha sifatida ishlatiladi. Vaqt o’tishi bilan trepel - mayda zich 
zarrali yoki g’ovak, qiyin namlanadigan amorfli qumtuproqdan tuzilgan -
opokaga aylanadi. Qurilishlarda tosh o’rnida turli ko’rinishdagi ohaktoshlar, 
dolomitlar va qumtoshlar ishlatiladi.
Ohaktoshlar juda ko’p hollarda organogen jinslar bo’lib, shuningdek 
kimyoviy yo’llar bilan hosil bo’lgan ohaktoshlar ham uchraydi (ohakli tuflar). 
Ohaktoshlar asosan kal’sit mineralidan tashkil topsada, ko’pincha turli 
aralashmalar (qumtuproq, gil, dolomit, temir oksidi, organik birikmalar) bilan 
birgalikda uchraydi. Tashqi ko’rinishi oqish, sarg’ish va bo’z ranggacha bo’ladi.
Mexanikaviy qo’shilmalar rangiga ham bog’liq bo’lishi mumkin (qizil, 
pushti, kora, malla va boshqalar). Tarkibida gil miqdori 6% gacha bo’lgani - 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling