Muhandislik geologik tadqiqotlar
-jadval Jinslarning nomi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- B. Zarrachalari bog’langan chaqiq cho’kindi tog’ jinslariga
9.1-jadval
Jinslarning nomi Zarrachalarning ulchami, mm Yirik valunlar Yirik xarsang toshlar O’rtacha valunlar O’rtacha xarsang toshlar Mayda valunlar Mayda xarsang toshlar Yirik chaqiq tosh O’rtacha shag’al O’rtacha chaqiq tosh Mayda shag’al Mayda chaqiq tosh Yirik shag’al Yirik dresva O’rtacha shag’al O’rtacha dresva Mayda shag’al Mayda dresva Yirik qum O’rtacha qum Mayda qum Juda mayda qum Yirik chang Mayda chang Yirik gil Mayda gil 800-400 400-200 200-100 100-80 80-40 40-20 20-10 10-6 6-2 1-1 1-0,5 0,5-0,25 0,25-0,05 0,05-0,01 0,01-0005 0,005-0,001 <0,001 9.1-jadvalda keltirilgan zarrachalar tog’ jinsi tarkibining 50% dan ortig’ini tashkil qilsa, shu zarraning nomi tog’ jinsiga beriladi, masalan, qumning tarkibida 1-2 mm kattalikdagi zarrachalar 50% dan ortiq bo’lsa, u qum yirik qum deb ataladi. Umuman yuqorida keltirilgan zarrachalar - bog’lanmagan cho’kindi tog’ jinslari nam va quruq holatda bo’lishiga qaramay ularning muhandislik - geologik xususiyatlari bir xildir. Ular yaxshi siqilmaydi, shuning uchun ulardan inshootlarga poydevor qilinadi. 51 B. Zarrachalari bog’langan chaqiq cho’kindi tog’ jinslariga gil, mergel (gil va kal’siy karbonat aralashmasi), qumoq tuproq, qumloq tuproq, gilli slanetslar, lyoss va lyossimon tog’ jinslari kiradi. Gil deb mayda (diametri 0,005 mm dan kichik) tanga shaklidagi zarralardan iborat va ko’p miqdorda suv (3 dan 60% gacha) shimib olish qobiliyatiga ega tuproq mineral massalari to’plamiga aytiladi. Gil quriganda uning hajmi kamayib, yoriladi. Gil suv o’tkazmaydi, boshqa jinslarga nisbatan petrofografik tarkibi jihatidan oddiy alyumosilikatlardan iborat bo’lib, unga temirning suvli oksidlari va boshqa minerallar aralashgan bo’ladi. Umuman gillarning tarkibi juda ham o’zgaruvchan bo’ladi. Gillarning kelib chiqishi turlichadir. Muzlik gillar, dengiz gillari, okean gillari va boshqa gillar bo’ladi. Eng ko’p gil yotqiziqlari dengizda hosil bo’ladi. Xalq xo’jaligida gillar juda muhim rol’ o’ynaydi. Ular ayniqsa qurilish ishlarida ko’p ishlatiladi: ular g’isht tayyorlashda, kanalizatsiya quvurlari, cherepitsa va ko’prik yo’llari uchun material sifatida ishlatiladi. Gilning tarkibida oz miqdorda SaSO 3 bo’lsa, ular ohakli yoki mergelli gil deb ataladi. Agar SaSO 3 , MgSO 3 tuzlari tog’ jinsi tarkibining 40-60% ni tashkil etsa qolgan qismi esa gil zarrachalaridan iborat bo’lsa, ular mergel’ deb ataladi. Shunday kilib, mergel’ gili bilan kimyoviy jinslar o’rtasida hosil bo’lgan cho’kindi tog’ jinsi hisoblanadi. Gillar ustiga imorat qurganda ularning mineralogik tarkibini yaxshi bilish zarur, chunki gil tarkibidagi ba’zi minerallar suv ta’sirida shishish xususiyatiga ega bo’ladi. Qumoq, qumloq tuproq tog’ jinslari ularning tarkibidagi gil zarrachalarining protsent miqdoriga qarab nomlangan, buni quyidagi gilli cho’kindi tog’ jinslarining klassifikatsiyasida ham ko’rish mumkin (9.2-jadval). Agar gilli tog’ jinsida changli zarrachalar miqdoriga nisbatan qumli zarracha ko’p bo’lsa, u holda tog’ jinsining nomiga changli degan so’z qo’shib yozilmaydi. Masalan, qumoq tuproq og’ir, qumloq tuproq yengil va xokazo. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling