55
10. METAMORFIK TOG’ JINSLARI VA ULARNING QURILISH
XOSSALARI
Murakkab fizik - kimyoviy jarayonlarning tog’ jinslariga ta’sir
natijasida
ularning o’zgarishi -
metamorfizm deb ataladi. Metamorfik tog’ jinslari
magmatik va cho’kindi tog’ jinslarining strukturasi
hamda mineralogik va
ko’pincha kimyoviy tarkibining yuqori temperatura bosim, magmatik gaz va suv,
kimiyoviy moddalar ta’siri ostida o’zgarishdan hosil bo’lgan. Yer po’stlog’ida
sodir bo’ladigan metamorfizm protsessi quyidagi asosiy turlarga bo’linadi:
1.Dinamometamorfizm - yer sharining dislokatsiya
jarayoni tarqalgan
hududlarida ko’p tarqalgan. Bunda tog’ jinslari yuqori harorat va kuchli bosim
ta’sirida, o’z teksturasi va mineral tarkibini o’zgartiradi.
2.Kontaktli metamorfizm - tog’ jinslari qizigan magma va undan chiqqan
mahsulotlar bilan bevosita tegib turgan joyida yuqori harorat ta’siri natijasida
o’zgarishidan hosil bo’ladi. Bu yerning chuqurroq qismlarida sodir bo’ladigan
metamorfizmning boshqa turlaridan farq qilib, kuchsiz bosim ostida sodir bo’ladi.
Bu hodisa natijasida ohaktoshdan marmar va ko’mirdan grafit hosil bo’ladi.
Gidrotermal
sharoitda, ya’ni issiq suvli eritma ta’sirida xloratlanish va serpentin-
lashish sodir bo’ladi.
3.Regional metamorfizm - katta bosim va yuqori harorat ta’sirida, yer
po’stlog’ining chuqur qismida katta maydonda sodir bo’ladi. Bu metamorfizmning
pastki zonalarida tog’ jinslari zichlashadi va sementlashadi. Masalan;
yuqorida
yotuvchi qatlamlarning bosimi, temperatura ta’sirida
gillar - gilli slanetslarga,
yumshok qumlar - zich qumlarga aylanadi. Yerning chuqur qismlarida harorat va
bosimning yuqori darajadagi ta’siri oqibatida, zichlangan tog’
jinslari yana
qaytadan kristallanib ularning strukturasi va tarkibi o’zgaradi. Ana shunday
sharoitlarda kristalli slanetslar hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: