Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yotqiziqlar Vaqtlar
Petrografikaviy usul - tog’ jinslarining hosil bo’lishi strukturasi va
kimyoviy - mineralogik tarkibini o’rganish asos qilib olingan. Bu ko’rinishlarning o’xshash-ligi turli hududlardan geologik qirqimlar (qalinliklar) o’zaro taqqoslab ko’riladi. Tog’ jinslarini nisbiy yoshini aniqlash eng ishonchli usuli - paleontologik usul bo’lib, unda qatlamlar orasidagi organik hayot qoldiqlari tekshirilib, taqqoslab kuriladi. Yerdagi organik hayot ketma - ket va qaytarilmas, oddiydan – murak-kablik tomon taraqqiy qilib borgan. Ayrim organizmlar guruxi, katta hududlarda lekin qisqa geologik muddatda yashashgan. Mana shu guruh organizmlar, bir - biridan ancha uzoqda joylashgan tog’ jinslarini nisbiy yoshini aniqlashda asosiy qazilmalar bo’lib hisoblanadi. Organik qoldiqlarni tekshirish natijasida tog’ jinslari qatlamlarining eng oldin paydo bo’lganlari va undan keyin hosil bo’lganlari aniqlanadi va geoxronologik jadval tuziladi: 59 Yotqiziqlar Vaqtlar Guruh Era Sistema Davr Bo’lim Epoxa Yarus Asr Yer qobig’i tarixidagi yotqiziqlar va vaqtlar Yerdagi tarixiy voqealarning asosiy tabiiy bosqichlarni ketma - ket qamrab oladi. Geoxronologiya jadvaliga kirgan eralar, davrlar, epoxalar nomi bir joyning, tog’ aholisi nomi bilan atalgan, yoki tog’ jinsining tarkibiga moslab qo’yilgan. Masalan; paleozoy erasi nomi 1838 yilda, A.S Sedjvik tomonidan, mezozoy va kaynozoy eralarining nomi 1840 yilda D. Filips tomonidan berilgan. Eng qatta stratigrafik birliklar gruppa va sistemalardir. Sistemalar o’z navbatida bo’limlarga bo’linadi (quyi, o’rta, yuqori), bo’limlar esa mahalliy nom bilan ataluvchi yaruslarga bo’linadi. Masalan; Respublikamizda to’rtlamchi sistemani geoxronologik va stratigrafik bo’linishi quyidagichadir: Quyi to’rtlamchi - Nanay (Q 1 ); o’rta to’rtlamchi -Toshkent (Q 2 ); yuqori to’rtlamchi - ochiqqo’rikli (golodostepskaya) (Q 3 ) va zamonaviy - Sirdaryo (Q 4 ). Geoxronologik birliklar - stratigrafik yotqiziqlar kabi nomlanadi 60 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling