Muhandislik geologik tadqiqotlar


Platformalar (tekis formalar)


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   192
Bog'liq
-qullanma

Platformalar (tekis formalar) - Yerning tektonik harakatlari nisbatan 
tinch bo’lgan qismlaridir. Platformalar uchun sekin tebranma harakatlar
xarakterlidir. Platformalar qo’sh qavatli tuzilishga ega. Ostki qavatda (asosda) 
bukilgan holatda cho’kindi tog’ jinslari yoki metamorfik yoki magmatik tog’ 
jinslari joylashadi ularni ustki qismini esa cho’kindi tog’ jinsi qoplab yotadi.
 
 12.2 Tektonik harakatlarning turlari va yer qatlamlarining yotish 
shakllari 
Yer qobig’ining turli va murakkab deformatsiyasiga sabab bo’ladigan 
tektonik harakatlar tebranuvchi (tik) va bukilmali (plikativ) ko’rinishda bo’ladi. 
Tebranma harakat - epeyrogenez deb atalib, buning natijasida ba’zi joylar 
ko’tarilishi oqibatida quruqlik qattalasha boradi, ba’zi joylar cho’kib dengiz tubiga 
tusha boradi. Masalan: Germaniyaning shimoliy qismi, Gollandiya, Belgiya 
davlatlari quruqliklari pasayib bormoqda, qo’shni hududlarda esa ko’tarilib 
bormoqda. Yer qobig’ining ayni bir hududi, turli geologik davrlarda ko’tarilishi 


64 
yoki pasayishi mumkin. Tebranma harakatlar tezligi turlicha bo’lishi mumkin. 
Taxminlarcha ularning eng yuqori tezligi yiliga bir necha sm dan ko’prok, undan 
ham sekin bo’lib yiliga mm ning ulushlariga teng. Yerning rivojlanish tarixida 
tebranma harakatlarning tezligi bir maromda bo’lmasligi kuzatiladi: tebranma 
tektonik harakatlar bilan dengizning quruqlikka kirib borishi (transgressiya) va 
qaytishi (regressiya) bog’langan bo’lib, binobarin cho’kindilar to’planishi rejimi 
va tog’ jinslarini o’zgarishi, ushbu hodisa bilan bog’langandir. Pasayishi chog’ida 
asosan karbonat jinslar hosil bo’ladi, ko’tarilgan chog’ida ko’proq chaqilgan 
jinslar hosil bo’ladi. Bu esa o’z navbatida jinslarning shakllanayotgan 
qatlamlanish sharoitini belgilaydi. Eng faol, shiddatli tebranma harakatlar nisbiy 
yuqori tezlik bilan - geosinklinal hududlarda namoyon bo’ladi. Ularda chuqur
izlar - dengiz chuqurliklari va ulkan balandliklar hosil bo’ladi. Bukilmali tektonik
harakatlar yer qobig’ining tashkil etuvchi tog’ jinslarining dastlabki yotish 
shakllarini ezilib, bukilib, yaxlitligi buzilishda namoyon bo’ladi. Tog’ jinslarining 
dastlabki yotish shakllarining buzilishi ya’ni dislokatsiyalarini bilish, tog’larning 
hosil bo’lishi masalasini to’g’ri hal qilish, tog’larni vujudga keltirgan kuchlarni 
belgilash, yer qobig’ini o’rganish, foydali qazilmalar konlarini belgilash va ularni 
qidirish, ulardan ratsional foydalanishga imkon beradi. Yer qatlamlarida 
tangensial kuchlar natijasida burmalar hosil bo’ladi.(12.1-rasm). Agar biz bir 
necha bukilmalarni olib ko’rsak, ularning ko’tarilgan joyini yoki keyin past
tushgan joylarini uchratamiz. 
 
 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling