Muhandislik geologik tadqiqotlar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   192
Bog'liq
-qullanma

deformatsiyalari  deb ataladi. 
Agar biror sirtdagi mum ustiga uncha katta bo’lmagan yuk qo’yilsa va uni 
uzoq vaqt qoldirilsa, u ezilib deformatsiyalanishi mumkin lekin yorilib ketmaydi. 
Xuddi shuningdek tog’ jinslarini qatlamini ezib yotgan kuchlar asta sekinlik bilan
uzoq geologik davrlar davomida qatlamlarni va bukilmalarni egadi. Agar zo’riqish 
tez, shiddatli, keskin, turtkisimon tarzda ro’y bersa, bu xol tog’ jinslarini 
yorilishiga va ularda yoriqlar hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. 


68 
Bukilmadagi ezilgan hudud dastlabki holatiga qayta olmaydi, xuddi shu 
holat yoriqlar hosil bo’lgan xududlarda xam bo’ladi. Ular keyinchalik, sharoit 
o’zgarishiga qarab kengayishi kuzatiladi. Avval ta’kidlanganidek uzilmalar va 
yorilishga sabab bo’ladigan qatlam dislokatsiyalari yer qobig’ining yaxlitligini 
buzadi, unda yoriqlar xosil bo’lib yoriqlar bo’yicha yer qobig’i nisbatan 
ko’chishi kuzatiladi. 
12.3.Yer qatlamlarini yotish xolati va ularni aniqlash
Yer qobig’inig tektonik xarakati tufayli qatlamdagi tog’ jinslarini fazoviy 
turli yo’nalishlarda joylashishini kuzatish mumkin. Qurilish maydonlarini 
geologik sharoitini xisobga olishda, yer qatlamlarini fazoviy joylashganlik
holatini aniqlab, geologik xaritalarda belgilanish lozimdir. Buning uchun 
qatlamlarning yotish elementlari: yotish, yotish azimutlari, tushish chizig’i va 
tushish burchagidir. 
Yotishi - qatlamning uzilishini ko’rsatib, qatlam sirtining, gorizontal 
tekislik bilan kesishish chizig’i bilan xarakterlanadi.
Tushish burchagi - Qatlamning sirti bilan gorizontal tekislik hosil qilgan 
burchakdir. Uning qiymati 9 dan 90

gacha o’zgarishi mumkin. 
Yotish azimuti - yotish burchagi bilan geografik meridian orasidagi 
burchakdir. 
Tushish chizig’i - qatlam sirtidan uning tushishi tomon o’tqazilgan chiziq 
bo’lib, yotish chizig’iga perpendikulyar ravishda bo’ladi. 
Yotish elementlarini aniqlash uchun maxsus ishlangan tog’ kompasi
(12.5 -rasm ) ishlatiladi. 
Oddiy kompasdan uni farqi shundaki: soat strelkasi yo’nalishiga teskari 
yozilgan, darajalangan limbaga ega bo’lib; unda (sharq va g’arb) joylanishi 
o’zgartirib qo’yilgan. Har qanday azimutni aniqlash uchun, kompasning asosi 
tomonini, Sh-J (shimol-janub) parallel chizig’ini, tekshirilayotgan chiziqni 
yo’nalishiga moslashtiriladi va magnitning shimoliy ko’rsatuvidan, tayyor natija 


69 
yozib olinadi. Masalan: qandaydir qatlamning yotishining o’lchashning yakuniy 
natijasi shunday ko’rinishda bo’lsin: Sh Sh 40
0


29
0

Bu yozuvdan shu ko’rinadiki, qatlam shimoliy-sharqga tomon tushib 
yotgan bo’lib, uning qatlamlanish tekisligi gorizontal tekislikka nisbatan 25
0
ni 
tashkil etgan. Yotish azimutni aniqlash uchun, 90
0
ni qo’shib qo’yish yoki ayirib 
tashlash kerak. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling