Muhandislik geologik tadqiqotlar
Tog’ jinslarining yotish sharoitlarini ahamiyati
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
12.4.Tog’ jinslarining yotish sharoitlarini ahamiyati. Tog’ jinslarining yotish sharoitini o’rganish va ayniqsa jinslarni buzilishi va ularning qiyaligi qurilish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Muxandislik- geologik nuqtai nazardan gorizontal yotgan, bir tarkibli va anchagina katta qatlamlar qulay hisoblanadi . Bunday hollarda bino va inshootlarning poydevorlari bir jinsli gruntli muhitda bo’lib, inshoot og’irligi ta’siridan bo’ladigan cho’kishlar bir tekisda bo’ladi. Bunday sharoitlarda inshoot eng qulay turg’unlikka ega bo’ladi. Dislokatsiyalarni bo’lishligi, qurilish maydonining injenerlik-geologik sharoitini o’zgartirib, qiyinlashtiradi. Inshoot asosidagi gruntlarni bir jinsligi buziladi, parchalanish zonalari xosil bo’ladi, jinslarning mustahkamligi kamayadi, yoriqlar bo’yicha siljishlar ro’y beradi, yer osti suvlari harakatlanadi. Qatlamlar qiyshaygan xolatda bo’ladi. Qatlamlarning tushish qiyaligi - katta injenerlik-geologik ahamiyatga egadir. Qatlamlarning notekis qiyalab yotishi natijasida inshootning turli qismlari, xar - xil jinslar ustiga joylashishi mumkin. Bu esa qatlamlarning notekis qisilishi va binoning xamma bo’laklarini turlicha cho’kishi oqibatida, butun inshoot deformatsiyalanishi mumkin. Bukilmalarni murakkab xarakterdan tuzilishi, kichik o’lchamli bo’lishi, uning ustiga qurilgan binoning noqulay sharoitda qoldiradi. Gilli jinslardan tashkil topgan qatlamning yetarli darajada qiyshaygan bo’lsa, qiyaliklarda ko’pincha surilish xodisasi ro’y berishi mumkin. Bukilmali dislokatsiyalar ko’pincha uzilma va siljishlarni vujudga keltiradi. Agar qurilish maydoni ancha cho’zilgan uzilma yoki siljish zonasiga to’g’ri kelib qolsa, unda inshoot qurilish joyini sinish chizig’idan uzoqroqda joylashtirish kerak. Sinish chizig’ini berkitib, ustiga inshoot 72 qurish xavflidir. Qurilish maydonini injenerlik-geologik baholashda, butun tog’li rayonning geologik shakllanish tarixini hisobga olish lozimdir. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling