Muhandislik geologik tadqiqotlar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   192
Bog'liq
-qullanma

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


75 
13.1 – rasm. Zilzilaning 
gipotsentri va epitsentri: 
G–giposentr; E–episentr 
13. SEYSMIK HODISALAR VA ZILZILALAR. SEYSMIK 
RAYONLARDA QURILISH ISHLARI 
13.1. Seysmik hodisalar va zilzilalar 
Seysmik hodisalar - yer qobig’ining ayrim joylarini keskin ravishda turli 
kuch bilan harakatlanishi natijasida tog’ jinslarining elastiklik muhitda seysmik 
to’lqinlarni hosil bo’lishida namoyon bo’ladi va buni - zilzila deb ataladi. Zilzilalar 
juda qiska vaqt ichida, bir necha sekundan bir necha minutgacha davom etadi. 
Agar zilzila markazi okean va dengiz ostida bo’lsa, dengiz zilzilasi deb yuritiladi.
Zilzilaning sabablari tabiiy va sun’iy bo’lishi mumkin. 
Sun’iy zilzilalar kishilarning muhandislik faoliyatlari, yer osti portlashlari 
(yadroli), tog’larda shaxta qazishda tog’ jinslarining o’pirilish natijasida hosil 
bo’lishi mumkin.
Tabiiy zilzilalarni keltirib chiqaradigan sabablar: denudatsion, vulqon va 
tektonik harakatlar bo’lishi mumkin.
Denudatsion (o’pirilish) zilzilalar asosan suyuqlanuvchan tog’ jinslari
(ohaktoshlar va tuzli qatlamlar) bo’lgan joylardagina yuz beradi. U joylarda juda 
katta yer osti g’orlari hosil bo’ladi. Agar g’orlarning shiftlari yetarli darajada 
mustahkam bo’lmasa, ular o’z og’irligini 
ko’tara olmay o’pirilib tushadi va tushgan 
massaning zarbidan zilzila hosil bo’ladi. 
Ular kuchli bo’lmasdan, uncha katta 
bo’lmagan maydonlardagina tarqaladi. 
Vulqon zilzilalari vulqondan magmaning 
yer sirtiga chiqish kanali berkilgan vaqtda 
vulqon gazlarining portlashi natijasida yuz 
beradi. Bunday zilzilalar zo’r vulqon otqini 
vaqtida sodir bo’lib, ba’zan katta halokat-
larni yuzaga chiqaradi va butun - butun 
shaharlarni vayron qiladi. Bunday zilzilalar 
tektonik zilzilalar singari katta maydonni


76 
egallamaydi. Katta vayronagarchiliklar keltirgan kuchli zilzilalarning hammasi
tektonik, ya’ni yer pustining dislo-kasiyalari, tog’ hosil bo’lishi jarayonlari 
bilan bog’lan gan zilzilalar qatoriga kiradi.
Yerning ichki qismidagi, qobig’ ostidagi seysmik energiya to’planadigan 
joy zilzila o’chog’i yoki - giposentr  deyilib, gipotsentrning - tik chiziq bo’ylab, 
yer yuzasidagi proektsiyasi - episentr deb ataladi (13.1-rasm).
Zilzila o’chog’idagi yerning to’plangan ichki energiyasining sarf bo’lishda
atrofdagi tog’ jinslariga katta bosim ta’sir etadi. Shunda elastik muhitdagi kabi 
seysmik to’lqinlar hosil bo’ladi. To’lqinlar deformatsiyaga qarab, ko’ndalang, 
bo’ylama va yuzaki bo’lishi mumkin. Bo’ylama to’lqinlar (gorizontal) - yuqori 
tezlikka ega bo’lib, vayronalar hosil qiluvchi kuchga ega. Ko’ndalang to’lqinlar 
(tik) qatlam tekisligiga ko’ndalang ravishda hosil bo’ladi. Ko’ndalang to’lqinlar 
faqat qattiq muhitda, yo’nalishi esa bo’ylama to’lqinlar yo’nalishiga tik holatda 
bo’ladi. Yuzaki to’lqinlar faqat epitsentrda tarqaladi, katta kuchga ega bo’lmaydi 
va buzilishlarga olib kelmaydi. 
To’lqinlarning tarqalish tezligi tog’ jinslarining zichligiga bog’liq.
Masalan; granit, gneysda va shunga o’xshash jinslarda 5000-1000 km/s,
ohaktoshlarda 2000 - 5000 km/s, gillarda 1500-2000 km/s, qumda 500- 1100 
km/s, suvda 1500 km/s. Ko’ndalang to’lqinlar tezligi bo’ylama to’lqinlar tezligiga 
nisbatan - 1,7 marta kam. Zilzilalarning yer ichidagi o’chog’i yerning turli 
chuqurliklarida, 0 km dan 600-700 km gacha bo’lishi mumkin, ko’proq 20-50 km 
chuqurliklarda kuzatilgan. Zilzilaning eng chuqur o’chog’i Pomir va Afg’onistonda 
(300 km gacha) shuningdek Tinch okeani qirg’oqlarida kuzatilgan. Gipotsentrning 
yer ichidan chuqur joylashuvidan va ulardan chiqayotgan katta energiyadan hosil 
bo’ladigan to’lqinlar katta maydonlarda tarqalishi mumkin. Giposentrning uncha 
chuqur bo’lmagan va ayniqsa yuzadagilarda, episentrda tebranishlar anchagina 
kuchga ega bo’ladi, buzilishlarga sabab bo’ladi, lekin katta maydonlarga 
tarqalmaydi. Shunday qilib zilzila kuchi gipotsentr chuqurligiga va undan 
chiqayotgan energiyaga bog’liqdir. Kuchli zilzila ro’y berganda vulqonlar 


77 
«jonlanib» ketadi, yer yuzasi pasayishi, unda yoriqlar paydo bo’lishi, bino va 
inshootlarda darzlar hosil bo’lishi, qulab tushishi mumkin.
Ofat keltiruvchi zilzilalar minglab turar joylarni bo’zib tashlaydi, ko’p 
minglab kishilarning yostig’ini quritadi. Tarixda bunday dahshatli zilzilalar 
ko’plab ro’y bergan: Dastlabki bizga ma’lum bo’lgan zilzila Xitoyda, Miloddan 
avval VII asrda Syan’ shahrida ro’y bergan, Kal’kutta shahri butunlay vayron 
bo’lgan va 300 mingdan ortiq aholi halok bo’lgan. O’tgan XX - asrdagi ofatli 
zilzilalar quyidagilardir: 1923 yil sentyabr oyidagi Yaponiyada ro’y bergan zilzila 
oqibatida - Tokio va Iokogamu shaharlari butunlay vayron bo’lgan, minglab 
insonlar nobud bo’lgan. Oxirgi yillarda bo’lib o’tgan ofatli zilzilalarni aytib o’tish 
mumkin. Bular: Yugoslaviyaning, Skople shahridagi, Turkmanistonning Ashxobod 
shahridagi, Poytaxtimiz Toshkent shahridagi, yoki yaqin yillarda Meksika, Xitoy 
va Armeniyadagi zilzilalardir. Toshkent shahrida zilzila 1966 yil 26 aprelda, 8 balli 
kuch bilan 3-4 sekund muddatda bo’lib o’tdi. Epitsentr shahar markazida bo’lib, 
yer kimirlashi sezuvchi kuch bilan bir yildan ko’proq davom etdi. 1988 yil 
7dekabrdagi Armeniyaning Spitak va Leninakan shaharlarida ro’y bergan zilzila 
8-9 ballarga yetib borib, ko’plab insonlarning yostig’ini quritdi, katta iqtisodiy 
zarar yetkazdi. Har yili yer yuzida 100000 ko’proq zilzila ro’y berib, shulardan 
100 tasi kuchli bo’lib, qolganlarini odamlar sezmaydilar ham, ularni faqatgina 
sezgir seysmik asboblar bilan aniqlash mumkin. Zilzila kuchini aniqlash uchun 
seysmik shkalalar ishlatiladi. Ball shartli birlik hisoblanib, zilzilalarning kuchi
bo’yicha taqqoslash mumkin. Seysmik to’lqinlarning amplitudasi va davr
seysmograflar yordamida aniqlab olingach, quyidagi formula yordamida
tuproqning tebranish tezlanishi (E) ni aniqlab olishimiz mumkin.
2
2
4
Т
А
Е


(13.1) 
Bu yerda A - amplituda: mm T- seysmik to’lqinning tebranish davri, sek. 
Zilzilalarning intensivligi zilzila paytida, gipotsentrdagi ajralib chiqqan energiya-
ning miqdori bilan aniqlanadi. Zilzila energiyasi miqdorini, B.B.Galitsin 
formulasi bilan aniqlash mumkin: 


78 
Еq 

2
·
)
(
T
A
V


(
13.2

Bu yerda: E – zilzila energiyasini miqdori, erg; 


Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling