Mavzu: Chizel Kultivator konstruksiyasini o’rganish Reja


Download 15.99 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi15.99 Kb.
#1799739
Bog'liq
Mavzu Chizel Kultivator konstruksiyasini o’rganish


Mavzu: Chizel Kultivator konstruksiyasini o’rganish
Reja:

  1. Chizel kultivatori va uning bajaradigan ishlari haqida ma’lumot

  2. Chizel kultivatorining konstruksiyasi va ishlash prinspi.

  3. Chizel kultivatorlarining bugungi kunda keng tarqalgan modellari.

1. Chizel kultivatori va uning bajaradigan ishlari haqida ma’lumot
Bugungi kunda yerga ishlov berish anchagina osonlashgan. Ayniqsa katta katta maydonlarga ishlov berish talab qilinadigan xollarda bizga qishloq xo’jalik ishlarini bajaruvchi maxsus texnikalar qo’l kelmoqda. Ana shunday mashinalardan biri bu chizel kultivatori hisoblanadi.
Chizel so’zi inglizcha chiselso’zidan olingan bo’lib. Qishloq xo’jalik ishlarida tuproqqa ishlov beruvchi maxsus texnikaga aytiladi.
C hizel kultivatorining asosiy vazifasi tuproqni yumshatish, undagi begona o’tlarni yo’qotish, tuproqqa suv va havo o’tishini yaxshilash, ekinlarni pishib yetilish vaqtini qisqartirish, ko’p yillik o’simliklar ekishdan oldin dalaga sepilgan o’g’itlarni ustini tuproq bilan yopish va tuproqni tozalashdan iborat. Chizel kultivatorlrining xarakterli xususiyati shundaki, ular bir necha maqsadlarda qo’llanilishi mumkin. Masalan tuproqqa ishlov berib uni yumshatish, toshli tuproqlarni ekinga tayyorlash, bundan tashqari og’ir tuproqlarga umumiy ishlov berishda qo’llanilishi mumkin. Chizel kultivatorlari asosan yerni boshoqli donlar ekishdan oldin tayyorlash, unga birlamchi va asosiy ishlov berish, kuzgi ekinlar ekishdan oldin tuproqni kultivatsiya qilish paytida, shudgorlash va shudgorlashdan keyingi tuproqni yumshatishda ishlatiladi.
ЧКУ-4 rusumli chizel kultivator tirkamasi.
KCHP-5.4 rusumli chizel kultivator tirkamasi
Yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan KCHP-5.4 chizel kultivator tirkamasi toshlar bilan qoplangan og’ir tuproqlarni va tuproqlarni yumshatish, yerning kam hosil qatlamlarini chuqurlashtirib hosildorlikni oshirish, chigit ekish paytida yerga shudgorlab ishlov berish va ko’p yillik begona o’tlarni yo’qotish kabi vazifalarni bajaradi.
Zamnaviy chizel texnikalari tuproqqa ishlov berish chuqurligigga qarab 3 turga bo’linadi.
1- Chizel kultivatorlari: bunday uskunalar tuproqqa 12-25 sm chuqurlikkacha ishlov berib uni yumshatishi mumkin.
2- Chizel pluglari: tuproqqa 45 sm chuqulikkacha ishlov berishi mumkin.
3- Tuproqqa chuqur ishlov berib uni yumshatuvchi maxsus texnikalar: bunday texnikalar tuproqqa 45 sm da chuqurroq ishlov berish imkoniga ega.
Yerga chizel kultivatori bilan ishlov berish:
Ish unumdorligini 20% ga oshiradi,
Hosildorlikni 30% ga oshirib,
Mehnat sarf harajatlarini 17% ga kamaytiradi.
Kul tivator ishchi qismlari bajaradigan ishiga qarab, asosan to’rt turga bo’linadi: yumshatuvchi tishlar, o’toqlovchi yotiq tishlar, o’qyoysimon tishlar va chuqur yumshatuvchi tishlar. Chizel kultivatorlari haydash chuqurligini o’zimizga maqul chuqurlikka sozlashimiz mumkin bo’ladi.
Shunday qilib chizel kultivatorlari qishloq xo’jalik ishlarida eng ko’p qo’llaniladigan maxsus agregatlar bo’lib ular yordamida quyidagi ishlarni bajarish mumkin:
Tuproqqa birlamchi ishlov berish, uni yumshatish, toshli tuproqlarni toshlardan tozalash, yerning past hosildorlikka ega qatlamlarini kamaytirish, tuproq sifatini oshirish va turoqni ekishga tayyorlash.
Ayrim markali kultivatorlar quyidagi qo’shimcha vazifalarni ham bajarilishi mumkin: Egatlarni tayyorlash, unib chiqishgacha va unib chiqqandan so’ng 4 qatorli ekilgan qator oralariga ishlov berish, shu bilan birga bir vaqtning o’zida boronalash va chopiq qilish, nihollarni boronalash, chopiq qilish va kultivatsiya qilish, sochiluvchi mineral o’g’itlar bilan ozuqalash uchun mo’lajallangan. Belgilangan chuqurlikda yovvoyi o’tlarni yo’q qilgan holda qator oralig’idagi tuproqni sifatli yumshatilishini ta’minlaydi, ishchi organ sektsiyalarining parallelogram ilinmasi (podveska) tuproq yuzasining notekisliklariga tez moslashadi, atmosfera bosimli shinalar va kultivatorning rezinali g’altaklari yopishgan loylarning o’zi tozalanishini ta’minlaydi, kultivatorni strelkali panjalarni ishlatgan holda yahlit yumshatish uchun qo’llash varianti ko’zda tutilgan. Tortish toifasi 1.4. traktorlar bilan ulanadi.
Download 15.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling