Muhandislik geologik tadqiqotlar
Xarobalik keltiradigan 500 - 1000 Uylar qulay boshlaydi. 10
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.2 - jadval Ballar Tuproqning tezlanishi, mm/sek 2
Xarobalik keltiradigan 500 - 1000 Uylar qulay boshlaydi. 10 Falokatli 1000 - 2500 Ko’plab imorat vayron bo’ladi, yer yuzida katta-katta yoriqlar paydo bo’ladi 79 11 Halokatli 2500 – 5000 Yer yuzida katta-katta yoriqlar paydo bo’ladi Buzilmagan imorat kamdan- kam qoladi. 12 Katta halokat, falokat keltiradigan 5000 Hammayoq buzilib, imoratlar butunlay vayron bo’lib ketadi. Sonlar ballarni ifodalab, yuqorida sanab o’tilganlarni namoyon bo’lishligi darajasini belgilab beradi. Eng kuchsiz zilzila 1 ball hisoblanib, eng kuchli ofatlisi 12 ballga to’g’ri keladi. Yevropada ham 12 balli shkala qabul qilingan bo’lib, u ham yuqoridagi shkalaga mos keladi. Zilzila kuchi shuningdek seysmik koeffitsent K orqali ham ifoda etilib, u seysmik to’lqinlar tezlanishi (a) ni, og’irlik kuchining (g) nisbatiga teng. К= а g ; (13.3) S.V. Medvedev fikricha, zilzila kuchi ko’p jihatdan seysmik to’lqinlar tarqalayotgan jinsga bog’liqdir. Zilzilaning turli ballari, tuproqning ma’lum tebranishiga, yoki aksincha, tuproqning tebranish tezlanishi ma’lum bir ballga to’g’ri kelar ekan. Quyidagi S.V.Medvedev tomonidan tuzilgan shkalani (13.2- jadval) soddalashtirib keltiramiz, bunda keltirilgan ballarga tuproqning ma’lum tebranish tezlanishi to’g’ri keladi. 13.2 - jadval Ballar Tuproqning tezlanishi, mm/sek 2 1 - 2 - 3 - 4 100 5 100 –250 6 250 –500 7 500 –2000 8 1000 –2000 9 2000 –4000 80 10 4000 11 - 12 - Zilzilalarni bino inshootlarga ta’siri, ularni loyihalash va qurishda hisobga olishni taqazo etadi. Hozirda zilzilani oldindan aytish va ehtiyot choralarini ko’rish maqsadida juda keng miqyosda seysmik, muhandislik - geologik, geofizik, tektonik, gidrokimyoviy, matematik usullar yordamida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ana shu olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida MDH hududi uchun ayrim - ayrim seysmik mikrorayonlarning xaritalari tuzilgan bo’lib, bu xaritalar orqali, qaysi mintaqalarda necha balli zilzila bo’lishligini aniq bilishingiz mumkin. Seysmik mikrorayonlar xaritasi, birinchidan zilzilani vujudga keltiradigan “o’choq” - giposentrning joylashish holatini va zilzila sodir bo’ladigan joy - episentrda, silkinishlarning takrorlanish xarakterini, intensiv- ligini, joyning muhandis-geologik nuqtai nazardan sharoitlarini, tog’ jinslarini fizik-mexanik xususiyatlarini o’rganish asosida tuziladi. O’rta Osiyo Respublikalari mintaqalari 6-9 balli zilzilala zonaga kiritiladi. Ma’lum hududining muhandislik-geologik sharoiti hisobiga seysmik aktivlikni oshib ketishini nazarda tutib 10 ball va undan yuqori ballar belgilanishi mumkin. Yuqori seysmik hududlarga (8-9 ball) - tog’li rayonlarda, tog’ oldi tekisliklari va daralar kiradi. Hamma yuqorida tilga olingan respublikalarning past tekisliklarida seysmik kuch 5-6 ballgacha kamayadi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling