Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Surilish uyumi
14.1 – rasm. Surilish bazisining yotish sxemasi: a – surilish bazisining qiyalik
chizig’iga mos kelgan holat, b – surilish bazisining qiyalik chizig’iga mos kelmagan holat ( B.O.Mavlonov va boshqalar rasmi). Surilish yuzasining shakli turlicha, tulqinsimon, yoysimon, tekis to’g’ri chiziq shaklida bo’ladi. Surilish yuzasining shakli, tog’ jinsi tarkibiga, joyning geomorfologik tuzilishiga va surilishning turiga bog’liq. Surilish yuzasining yonbag’irlikning pastki qismidan, yer yuziga chiqqan joyiga, surilishning - asosi, yuqori qismidan chiqqan joyini surilish cho’qqisi deb ataladi. Surilish yuzasining oz-ko’pligiga qarab, surilayotgan tog’ massasi, yaxlit bir butun, yoki ayrim-ayrim bo’laklardan tashkil topgan bo’ladi. Agar surilayotgan massa, ayrim-ayrim yirik bo’laklardan iborat bo’lsa, surilib tushayotgan umumiy massaning yuzasi pog’onasimon bo’lib, zinasimon surilishlar hosil bo’ladi. Surilish uyumi deb, yonbag’irliklarda hosil bo’lgan katta chuqurliklarga aytiladi. Ayrim yonbag’irliklarda ko’chki hodisalarining har yili sodir bo’lishi natijasida, qiyalikda bir qator surilish uyumlari hosil bo’ladi, uyimlari bir-biridan 88 ajratib turadigan joylarni – surilish ayirgichlari deb ataladi. Surilish uyimining shakli va chuqurligi, turlicha bo’lib, qurilishning turiga, hosil bo’lish sharoitiga va joyning geomorfologik tuzilishiga bog’liq. Surilish bazisi deb - surilish yuzasining qiyalik chizig’i bilan kesishgan joyiga aytiladi. Surilish bazisi qiyalikning chizig’iga baravar, undan balandda yoki pastda joylashgan bo’lishi mumkin. Agar surilish bazisi qiyalik chizig’idan pastda joylashgan bo’lsa, surilish natijasida yonbag’irlikning eng pastki qismi ko’pchiganga o’xshab, yuqoriga ko’tarila boshlaydi. Bunday joylar surilishning Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling