Muhandislik geologik tadqiqotlar
– rasm. Suriladigan qiyalikni ustun qoziqlar yordamida mustashkamlash (B.O.Mavlonov, S.Zoshidov rasmi.). 14.4 –rasm
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
14.3 – rasm. Suriladigan qiyalikni ustun qoziqlar yordamida
mustashkamlash (B.O.Mavlonov, S.Zoshidov rasmi.). 14.4 –rasm. Qiyaliklarni yassilab va kontrbanket surib ularning mustashkamligini oshirish sxemasi. 3.Uchinchi guruhga taalluqli tadbirlarga yon bag’irlikdagi surilish ehtimoli bo’lgan jinslarning xossalarini sun’iy tarzda o’zgartirish; sementlash, elektroosmotik quritish, zichligini oshirish yo’li bilan surilishga qarshilik ko’rsatish qobiliyati oshiriladi; 96 14.5 – rasm. Drenajli galereyaning suriladigan qiyalikda joylanish sxemasi: (M.Z.Nazarov rasmi). a, b, v – suvli qatlamlar. 4.Ushbu guruhda qo’llaniladigan tadbirlar, yon bag’irlikdagi suriladigan massani olib tashlashdan iborat. 14.6 – rasm.Suriladigan qiyalikni tayanch devor yordamida mustashkamlash. 14.3. Nurash jarayoni Yer yuzasidagi fizikaviy - kimyoviy va organik jarayonlar ta’sirida tog’ jinslarini tarkib va holatini o’zgarib, parchalanishiga - nurash jarayoni deb 97 ataladi. Sanalgan omillarga ko’ra nurashning quyidagi turlari bor; fizikaviy, kimyoviy, organik. Tabiatda nurashning bu turlari ayni bir I vaqtda ruy beradi. Fizikaviy nurash - havoning va suvning kunlik va mavsumiy o’zgarishidan yuzaga keladi. Quyosh radiatsiyasi ta’sirida tog’ jinslari qizib, ularning sirtidagi harorati, yoz kunlari 70 0 C gacha ko’tarilishi mumkin, tunda esa havo harorati pasayadi va buning natijasida jins tarkibiga kiruvchi minerallar kengayish va torayish zo’riqishlari natijasida yemirilib, maydalanib ketadi. Bu jarayonlar tog’ jinsi tarkibidagi g’ovaklardagi suvlarni doimiy muzlab erishlarini kuchaytiradi. Sovuq iqlimli hududlarda g’ovaklardagi suv muzlab, uning hajmi 11% ga ortib, g’ovakchalar devorlarini yemiradi. Uzoq davom etadigan bunday hodisalar natijasida, qattik, yaxlit, zich jinslar yemirilib, kichik parchalarga bo’linib ketadi. Nurash jarayoni natijasida yemirilgan, maydalangan tog’ jinslari ba’zi hollarda yemirilgan joyning o’zida koladi va ushbu jarayon - elyuviy jarayon deyiladi. Biroq bu jinslar, ko’pincha tog’ yonbag’irliklari bo’ylab surilib, delyuviy qoplamani hosil qiladi. Delyuviy deganda, nurash natijasida yemirilgan tog’ jinslarini yomg’ir, qor, muz suvlari ta’sirida tog’ oldiga va tog’ etaklariga yotqizilishi tushuniladi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling