Muhandislik geologik tadqiqotlar
Konstruktiv chora tadbirlar turkumiga
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy choralarga
- Gidrofoblash
- 14.4. Shamolning geologik ishi. Eol yotqiziqlar
- – denudatsiya jarayoni
Konstruktiv chora tadbirlar turkumiga tosh - materiallar ustiga yog’in -
sochinlarni tegdirmaslikni ta’minlash, material yuzasini va shaklini silliqlash hisobiga tushgan suvni unda turib qolmaslik va ichiga kirmaslikni ta’minlash choralari kiradi. Kimyoviy choralarga esa tosh materiallar sirtida zich, suv o’tkazmaydigan yuzalar hosil qilish yoki uni gidrofoblash kiradi. Yuzalarni zichlashdagi usul-laridan biri flyuatlashdir. Bunda karbonatli jinslar kremniyftorli vodorod kislota tuzlari bilan shimdiriladi. Gidrofoblash - deganda g’ovakli tosh materialni gidrofob (suvni itaruvchi) moddalar bilan shimdirish tushuniladi. Bunda tosh qoplamaning yuzasi zichligi ortib, nurashga yaxshi chidaydi. Toshlarni kremniy - organik suyuqliklar, polimer materiallar, parafin eritmalar yoki metall changlari (alyuminli, ruxli) bilan shimdirish yaxshi samara beradi. Tosh materiallar sirtini monomerlar bilan qoplab, so’ngra uni polimerlash uni uzoq muddatlarga chidamliligini oshiradi. 14.4. Shamolning geologik ishi. Eol yotqiziqlar Yer yuzida turli yo’nalish va tezlikda shamollar esib turadi. Shamolning tezligi 60 - 70 m/sek ga yetsa, u quyunga aylanib katta vayronagarchiliklar keltiradi, odamlarni halokatiga sabab bo’lishi mumkin va xalk xo’jaligiga katta zarar keltiradi. Shamol o’z yo’lida katta geologik ishlarni bajaradi. Shamol o’z yo’lida qumlarni surib ketadi. Ularni toshlarga borib uradi. Toshlar yuzi bu zarbalar natijasida tekislanishi, jo’yakchalar, chuqurliklar hosil bo’lishi mumkin. Shamolninng ishi bilan bog’liq bo’lgan har qanday jarayonlarni eolli jarayonlar deb yuritiladi. Shamolning mexanik kuchi bino va inshootlarga jiddiy ta’sir ko’rsatib, unga to’siq bo’lib xisoblanadi. Bu shamoldan bo’ladigan yuklama deyiladi, qurilish konstruktsiyalarining yon tomonlariga ta’sir ko’rsatadi. Baland qurilmalar, ayniqsa zavodlarning baland tutun trubalari shamol yuklamalari ta’sirida doim tebranib turadi. Qurilish konstruktsiyalarini loyixalash va xisoblashda bu yuklamalarni xisobga olish lozimdir. Shamol o’z xarakati 102 davomida o’zi bilan qum, xatto shag’allarni xam uchirib ketadi. Eng katta buzuvchi, yemiruvchi ishlarni qum parchalari bajaradi. Ular qattiq jinslarga urilib, ular yuzasida turli jo’yakchalar, yo’lchalar, chuqurchalar xosil qiladi. Bu xodisa korroziya deb nom olgan. Cho’llarda korroziya tufayli telegraf ustunlari, simlar tezda yaroqsiz holga keladi, binolarning old qismi ko’rinishi buziladi. Deflyatsiyaning va korroziyaning birgalikdagi xarakati faqat yumshoq jinslar emas, qattiq jinslarni xam yemirib, turli o’lchamli parchalarga aylantiradi. Ayni vaqtda ushbu jarayonlar rel’efning turli shakllarini yuzaga chiqaradi. Shamolning tezligi bilan va zarrasining katta-kichikligiga qarab qum ko’chgan holda yoki urilib aylanib ketishi mumkin. Gilli changsimon va mayin qum zarralari tepaga ko’tarilib ko’chadi va shamolning kuchiga qarab yuzlab va xatto minglab km gacha ko’chib borishi mumkin. Shamol o’z yo’lida tog’ jinslariga mexanikaviy ta’sir etishi natijasida undan mayda zarralarni, g’ovaklardagi nurash mahsulotlarni o’zi bilan olib chiqib ketadi. Bu hodisa - deflyatsiya deb atalib, cho’lda tog’ jinslarini batamom buzilishiga olib keladi. Shamol faqatgina mayda zarralarnigina uchirib keta oladi. Qumni esa yer ustidan bir ozgina ko’tarib, uchirib ketadi va uzoq joyga bormay ularni to’playdi. Shamol ta’sirida cho’llarda katta - katta qum tepaliklari, do’ngliklar hosil qiladi. Bular qum dyunalari, barxanlari deb ataladi. Qum do’ngliklari Sahroi Kabirda, Arabiston yarim orolida, Meksika, ekvator sahrolarida, Respublikamizda Orol dengizi bo’ylarida, Amudaryo qirg’og’ida, Qoraqum va Qizilqum sahrolarida, Farg’ona vodiysidagi, Yozyovon cho’llarida va Mirzacho’lda uchraydi. Bu do’ngliklar shamol ta’sirida bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yuradi. Shamol ta’sirida tuproqning mayda zarrali qismi hamda undagi chirindi va ozuqa moddalar yo’qoladi, natijada tuproqning unumdorligi nihoyatda pasayadi. Shamol yerning unumdor qatlamlarini sidirib ketishdan tashqari ba’zi hududlarni sho’rlanishiga ham sabab bo’ladi. Ma’lumki sho’rxok yerlarda dengizning qurigan qismlarida va qirg’oqlarida masalan, Orol dengizi qirg’oklarida tuz yig’iladi. 103 Shamol bu tuzlarni uchirib, boshqa joylarga eltib yotqizadi, natijada unumdor yerlar sho’rxok yerlarga aylanadi. Bu hodisani Mirzacho’lda, Farg’ona va Qarshi cho’llarida ko’p kuzatish mumkin. Shamol eroziyasini (yemirilishi) bartaraf kilishda, temir yo’llarni, paxta maydonlarini, bog’larni, kanallarni shamollardan himoya qilishda maxsus yupka kobiklar hosil kiluvchi moddalar ishlatilmokda. Bu moddalardan, masalan - poliakriladning suvdagi eritmasi, harakat qiluvchi qumlar ustiga sepilganda ma’lum qalinlikda yupqa qatlam hosil bo’ladi va qum ko’chishdan to’xtaydi. Shamol suv va muzliklar nurash mahsulotlarini bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish bilangina chegaralanmaydi, balki ular tog’ jinslarini mexanikaviy ravishda parchalaydi va yer yuzi rel’efini o’zgartiradi. Bu hodisa geologiya fanida – denudatsiya jarayoni deb ataladi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling