Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
CaCO 3 Q CO 2 Q H 2 O Ca (HCO 3 ) 2 Bo’r bo’sh jins bo’lganligidan suvda faqatgina erib qolmasdan, osonlik bilan yuvilib chiqib ketadi. Karstni hosil bo’lishida tog’ jinslarning darzliligi ham katta ta’sir ko’rsatadi. Darzlardan kirib borgan, yer osti suvlari, atmosfera yog’inlari va tog’ jinslari yemirilishini kuchaytiradi. Karstlar, ayniqsa tektonik zonalarda ko’proq uchraydi, sababi bu zonalarda tog’ jinslari darzlari ko’proq va yerning chuqurrok qismlarigacha kirib boradi. Atmosfera yog’inlari va daryo suvlari kamroq minerallashgani sababli, karstlar hosil kilishda faol rol’ o’ynaydi. Atmosfera suvlari yemiriluvchi jinslar massivlari ustida dastlabki yo’llarni hosil kiladi, so’ngra bu yo’llar kengayib jo’yaklar, tarnovlar (karrlar) hosil kiladi va bu hosil kilingan yuzalarni - karrli yuzalar deb ataladi. Lyoss tog’ jinslarida hosil bo’ladigan bo’shliqlar, ko’pincha o’simliklar hamda xayvonlarning (kemiruvchilar) yashashi jarayonidan paydo bo’lgan, yer ustidan pastga qarab yo’nalgan, naysimon, ba’zan aylanasimon holdagi, turli 105 kattalikdagi bo’shliqlarga, atmosfera yog’inlarining oqib kirishi va birorta pastlik, qulay joydan yer yuzasiga sizib chiqishi natijasida hosil bo’ladi. Bunday bo’shliqlar Respublikamizda Toshkent oldi rayonlarida, Parkent vodiysida, Shimoliy Farg’ona vodiysida - Namangansoy, Chortoqsoy, Kosonsoyda uchraydi. Karstlar hosil bo’ladigan tog’ jinslari qurilish uchun anchagina mushkulliklar tug’diradi. Gipsli va osh tuzi tarqalgan joylarda faqatgina mavjud bo’lgan karst emas balki, uning yangi xillarini va ayniqsa binoning asosida hosil bo’lishi, qurilish uchun xavf soladi. Og’ir inshoot qurilishi natijasida yer yuzasiga yaqin joylashgan g’orlar, o’pirilib tushishi mumkin. Tonnellarni qurishda karstli hududlardan o’tishda, yo’llarda yirik g’orlar uchrashi mumkin va bu anchagina qiyinchiliklar tug’diradi. Agarda inshootning geologik jihatdan qulay bo’lgan joylarga joylashtirish imkoni bo’lmasa, karstli bo’shoq tog’ jinslarini sun’iy ravishda zaminda zichlash, masalan, zich sementli, mayda zarrali qum aralashmalari, sementli - gilli aralashma bilan zichlash lozim. Tonnellarni o’tkazishda, g’orlarni shiplaridagi tog’ jinslarini o’pirilib ketmasligini oldini olish maqsadida, mustahkam tom nishalari tayyorlanadi. Karstli hududlarda har qanday inshoot qurilishida yer osti g’orliklari namoyon bo’lish bosqichi va xarakterini o’rganish, karstli qatlamlarini va uning suvli xususiyatlarini o’rganish, va ayniqsa tektonik zonalarga ahamiyat berish zarur. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling