Muhandislik geologik tadqiqotlar
Vaqtinchalik suvlar eroziyasi va jarliklarni hosil bo’lishi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
14.7.1.Vaqtinchalik suvlar eroziyasi va jarliklarni hosil bo’lishi. Vaqtinchalik oqimlar, erigan qor suvlari va yog’in suvlaridan hosil bo’ladi. Ularning yemirilishi faoliyati tufayli jarliklar hosil bo’ladi. Yog’in suvlari yer yuzasining chuqurchalari ustida to’planib, ularni asta - sekinlik bilan yuvib, o’pqonlar, o’nqir - cho’nqirlar hosil qila boshlaydi. Tog’ jinslarining qattiqligi yoki yumshoqligiga qarab, bir joyi sekin, ikkinchisi tez yuvila boshlaydi. Natijada 108 yon bag’irlikning ustki qismida turli tomonga yunalgan yoki parallel jo’yaklar hosil bo’ladi. Jo’yaklarning ba’zilari yonbag’irliklarning quyi qismida birlashib chuqur va katta jo’yaklar hosil qiladi (14.7 - rasm). 14.7-rasm. Jarliklarning kengayib borishi: I-jarlikni bo’ylama qirqimi; 1-boshi, 2-asosi, 3-cho’qqisi, 4-jarning kengaish tomoni, 5-chiqish konusi, 6-yemirilish bazisi. II-jarlikning ko’ndalang qirqimi; 1-faol jarlik, 2-balka III- faol jarlikning elementlari; a) oqim boshi. IV-jarlikning ko’rinishi. Vaqtinchalik suvlarning yemirish faoliyati bir kancha omillarga bog’liq bo’ladi: O’simlik qatlamida oson yuviluvchi, bo’shoq, bog’lanmagan jinslarning mavjudligi, jalalarning yog’ishi, daryo oqimlarining yemirilish bazisini pastda joylashganligi, yuzani nishabligi kattaligi, jinslar tarkibidagi tuz miqdorini oz bo’lishi - bu omillarga misol bo’la oladi. Jarliklarni hosil bo’lishi va uni kengayib ketishi, ekinzor yerlarga, aholi yashash joylariga va inshootlarga katta xavf soladi. Jarliklar yaqinida bo’lgan inshootlar zamini yuvilib ketavergach, o’zining turg’unligini yo’qotadi. Shuni ham aytish kerakki, sug’oriladigan rayonlarda sug’orish irrigatsiya eroziyasi ham sodir bo’ladi. U sug’oriladigan baland - pastliklarda sug’orish texnikasiga yetarli rioya qilmaslik oqibatida kelib chiqadi. Eroziya tufayli suv jo’yaklarni yuvib, daladan ko’p mayda zarralarni oqizib ketadi, tuproq unumdorligi pasayadi, o’simlik yaxshi o’sa olmay, hosili kamayadi. Jarliklarni hosil bo’lmasligi uchun turli tadbirlar qo’llaniladi. Ular aktiv va passiv bo’lishi mumkin. Jarliklarni oldini olish passiv tadbirlardan; Jarliklar yaqinidagi, o’rmonzorlarni kesmaslik, yer haydamaslik, mol boqmaslik va x.k. 109 14.8 - rasm. Daryo erozion terrasalarining ko’ndalang kesimi: daryo dastlab aa1, keyin vv1 punktir chiziqlari bo’yicha ossan; I va II erosion terrasalar. Jarning kengayib ketmasligi uchun ko’riladigan aktiv chora - tadbirlarga yuzadagi suvlar harakatini tartibga solish (chuqurliklar va lotoklar yotqizish); jarning tubini kichik to’g’onlar qurish yo’li bilan yuvilishdan saqlash, qirg’oqlarni mustahkamlaydigan o’simliklar o’tqazish hisoblanadi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling