Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
14.8. Plivun Tarkibida chang zarrasi ko’p bo’lgan suvga to’yingan mayda gilli jinslarga plivunlar deyiladi. Ular to’rtlamchi va shu davrgacha bo’lgan jinslar ichida va ayniqsa lyosslar va lyossimon tuproqlarda ko’p tarqalgandir. Plivunlarning qurilish praktikasida, suvga to’yingan g’ovak jinslar, odatda qumlar bo’lib, turli qazilish ishlarida ochilib qolganda suyuqlashadi, harakatlanadi va atalasimon og’ir suyuqlikka aylanadi. Qumlardan tashqari, plivunlik hodisasi, ma’lum sharoitlarda changsimon qumoq tuproqlarda , qumloq tuproqlarda shag’alli yotqiziqlarda va kovaklari katta bo’lgan jinslarda ham uchraydi. Jinslarda plivunlik hodisasini asosiy sababikovaklardagi suvning gidrodinamik bosimi bo’lib, bu o’z navbatida kotlovan, handaqlar qazish chog’larida , grunt suvlari bosimini tushishi (gradiyenti) natijasida bo’ladi. Odatda plivunli jinslarning suv o’tkazuvchanligi past bo’lganligi uchun , gidravlik gradient jins zarralariga fil’trlanish bosimi ko’rsatib, ular harakatini gradient yo’nalishi yoki boshqacha qilib aytganda , bo’shalish zonasi, yo’ni xandaqlarga yo’llaydi. I.V.Popov jinsning holatiga o’tishdagi fil’trlanish gradienti kritik qiymati I kr ni aniqlash uchun quyidagi formulani tavsiya etadi. I kr ( -1)( 1- n ), Bu yerda: - jinsning zichligi, n - g’ovaklik ( birlikka nisbatan ) Plivunlik holatida jinslar butunlay strukturaviy bog’lanishlarni yo’qotadilar va zarralar oqish holatiga o’tadi. Plivunlik hodisalari jadallashuvi gradient kattaligi, jinsning granulometrik, mineralogik tarkibi, zarralar shakli, zichliklari va boshqa bir necha omillarga bog’liqdir. 112 Ilmiy tadqiqotlar natijalari-qumli gruntlardagi plivunlik hodisalari sababi, bakteriyalarni ayrim turi ekanligi isbotlandi. Bunday biokimyoviy plivunlarni hosil bo’lishi shunday tushuntiriladi, suvga to’yingan dispersli jinslarda yuqori darajada turg’unlashgan kolloidlar va shu bilan, mikroorganizmlar hayoti faoliyati bo’lmish gazlar to’planishi oqibatida g’ovaklarda ortiqcha bosim to’planib, jinsning harakatlanishiga turtki bo’ladi. Mikroorganizmlar haqiqiy plivunlarda topilib, yana shuni aniqlandiki, biologik nurash 50 m chuqurlikdagi jins qatlamlarida ro’y berar ekan. Tinch osoyishta turgan plivunlar suvni kam yo’qotadi va suvni kam o’tqazadi. A.F. Lebedev plivunlarni soxta va xaqiqiy turlarga ajratdi. Soxta plivunlar-strukturaviy bog’lanmagan jinslar, turli qumlar va shag’allar yotqiziqlardir. Plivunlik holatiga o’tish yer osti grunt suvlarining oqimining yuqori gidravlik bosim gradienti ta’sirida sodir bo’ladi. Fil’trlanish koeffitsienti sutkasiga 1-2 metr va undan ham ko’p bo’ladi. Jins zarralari ko’chgan oqim holatiga o’tadi va ular orasida ishqalanish yo’qoladi. Bunday qumlar tez va oson oqib keta boshlaydi. Suvsiz holatidagi o’rta zichligi 1,5-1,75 t/m 3 ga teng bo’ladi. Gidradinamik bosim ostida faqatgina qumlargina emas, balki g’ovakli jinslar ham oqizilishi mumkin. Soxta plivunlarga xos bo’lgan xususiyatining osonlik bilan suvsizlanishdir. Qurigandan so’ng ular bo’sh, serg’ovak kamtsementlashgan massaga aylanadi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling