Muhandislik geologik tadqiqotlar
Yer osti suvlarining fizikaviy – kimyoviy xossalari
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
15.2. Yer osti suvlarining fizikaviy – kimyoviy xossalari.
Fizikaviy xossalari. Amaliy masalalarni hal qilishda yer osti suvlarining quyidagi fizikaviy xossalari o’rganiladi: harorati, rangi, hidi, mazasi, zichligi. Yer osti suvlarning harorati katta oraliqlarda o’zgarib, manfiy haroratdan, juda yuqori issiqlikkacha (100 0 C) o’zgarishi mumkin. Harorati bo’yicha ular; juda sovuq suvlarga (harorati 4 0 C dan past), sovuq suvlarga (harorati 4-20 0 C), iliq suvlarga (harorati 20-37 0 C), issiq suvlarga (harorati 37-42 0 C) va juda issiq (termal’no’y) suvlarga (harorati 42 0 C dan yuqori) bo’linadi. Manfiy haroratli yer osti suvlari doimiy muzgarchilik zonasida tarqalgan. Issiq va termal suvlar, harakatdagi vulqonlar hududida tarqalgan va chuqur yer osti suvlari uchun xarakterlidir. Boshqa fizikaviy xossalar yer osti suvining harorati va tarkibidagi erigan moddalarning sifati va miqdoriga bog’liqdir. 4 0 C haroratdagi toza suvning eng yuqori zichligi - 1g /sm 3 ga teng. Uning tarkibidagi minerallarga qarab, zichligi ham o’zgarishi mumkin. Toza oqar suvlar kam minerallashgani bo’lganligi sababli, zichligi 1g /sm 3 yaqin. Minerallashgan okean suvlari (35 g/l) zichligi – 1,03... 1,08 g /sm 3 ga teng bo’lsa, sho’r suvlarniki esa (300 – 360 g /l) –1,15... 1,22 g /sm 3 ga teng. Toza suv - rangsiz, mazasiz, hidsizdir. Suvning tarkibida organik modda- lar, temir oksidlari suzib yuruvchi zarralar uning rangini xiralashtiradi, ta’mini esa yoqimsiz qiladi. Ayniqsa oltin gugurt vodorodli suvdan aynigan tuxum hidi keladi, karbonat angidridli gaz suvni musaffo qilsa, kal’tsiy karbonat – suvga yoqimli maza kiritadi. Osh tuzi suvni sho’r kilsa, magniy va sul’fat natriy tuzlari suvga achchiq ta’m kiritadi. Hamma tuzlar suvning tarkibida birgalikda bo’lsa, ta’mi achchiq - sho’r bo’ladi. Suvga meyo’rdagi tozalik kiritish uchun ularning miqdori 0,3 – 0,4 g /l bo’lgani kifoya qiladi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling