Muhandislik geologik tadqiqotlar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   192
Bog'liq
-qullanma

 
14.10. Cho’kish xodisasi 
Tashqi kuch yoki o’z og’irligi ta’sirida zo’riqish holatidagi gruntning,
qo’shimcha omillari tufayli kelib chiqadigan qo’shimcha deformatsiyalari –
cho’kish deb ataladi. 
Cho’kuvchan gruntlarga quyidagilar kiradi: Lyoss va lyossimon jinslar, 
(namlanganda cho’kadi), muzlagan gruntlar (eriganda cho’kadi), qumli, suvga 


119 
to’yingan bo’shok gruntlar (harakatga kelganda cho’kadi). Lyoss va lyossimon 
gruntlar cho’kish xususiyatiga ko’ra 4 ta turga bo’linadi: 
1.Namlanish natijasida o’z og’irligi ta’sirida cho’kadigan lyoss va
lyossimon jinslar, O’rta Osiyoda ko’p tarqalgan. F.O.Mavlonov, P.M.Karpov va 
A.I. Islomov ma’lumotlariga ko’ra, ularning cho’kish darajasi 2,5-3,0 m gacha 
boradi; 
2.Namlanish natijasida o’z og’irligi va ustiga qurilgan bino bosimi
ta’sirida kuchli cho’kadigan jinslar. Bino og’irligi ta’sirida qo’shimcha cho’kish 
hosil bo’ladi (14.11-rasm);
14.11rasm. Cho’kish hodisasi tufayli lyossimon jinslarda deformatsiyalangan
zonalar sxemasi (.Mavlonov va K.Pulatov): 1–mikrog’ovakli cho’kuvchan
lyossimon jinslar (suv bilan namlanmagan); 2–toshli shag’allar; 3–jinsda
cho’kindidan keyin surilgan inshoot; 4–tashqi kuch ta’sirida gruntlarda 
kuchlanishning tarqalish sxemasi (0,2 va 0,8 sonlar kuchlanishlar miqdori, 
kgk/sm
2
; 5 – lyossimon jinslar namlanishiga qadar grunt suvining sathi;
 7 - biroz cho’kkan va suv bilan namlangan jins; 8 – cho’kish natijasida 
cho’kuvchan uchastkada hosil bo’lgan yoriqlar; 9 – cho’kishning miqdori, sm;
10 - qo’shimcha cho’kish miqdori, sm; 11 – inshoot og’irligi ta’sirida
deformatsiyalangan zonaning qalinligi, m; 12 – cho’kuvchan jinsning qalinligi, m; 
13 – grunt namlanishi natijasida kapillyar ko’tarilish miqdori; 14 – cho’kishdan 
keyin yer yuzasining sathi; 15 – gil qatlamlari. 


120 
3. Suv ta’sirida shishib, so’ngra tashqi yuklama (bino yoki inshoot)
ta’sirida zichlanadigan va ma’lum darajada cho’kadigan jinslar. Bular asosan 
tarkibida montmorillonnit minerallari ko’p bo’lgan lyossimon jinslardir; 
4. Namlanganda o’z og’irligidan zichlanmaydigan jinslar. Bularga asosan 
yer osti suvli qatlamlari tagida yotgan hamda doimiy oqar suvlar ta’sirida hosil 
bo’lgan allyuvial lyossimon jinslar, shuningdek doimo sug’oriladigan joylardagi 
lyossimon jinslar ham kiradi. 
Chunki ko’p yillar davomida namlanish natijasida ularda cho’kuvchanlik 
xususiyati yo’qoladi. Tog’ jinslarining cho’kuvchanligi, ularning genetik turiga
g’ovakligiga va tarkibiga bog’liq. Jinslarning cho’kuvchanligi haqida haligacha 
aniq bir fikrga kelinmagan. O’rta Osiyoda uchraydigan lyoss va lyossimon 
jinslarda sodir bo’ladigan cho’kish hodisasini o’rganish bilan juda ko’p O’rta 
Osiyolik olimlar ham shug’ullanib kelishgan. Ular lyossimon jinslarda sodir 
bo’ladigan cho’kish hodisasining sabablari xaqida bir biriga mos hamda o’zaro zid 
fikrlarini bayon qilganlar. Buning sababi lyossimon jinslarning tarkibi va tuzilishi
har xilligi, turli genetik tipga mansubligi va namlanish sharoitining turlicha 
bo’lishidir. 
Gruntlarning cho’kuvchanligi haqida juda ko’p gipotezalar bo’lib, ular 
turlichadir. 
Ayrim olimlar cho’kuvchanlik sababi, tabiiy zichlanmay qolishlik deb 
taxmin qilsa, boshqalari cho’kish hodisalari ular tarkibidagi suvda tez eriydigan
tuzlarning yuvilishi natijasida vujudga keladi deb hisoblaydilar. Boshqa bir gurux 
olimlar, lyosslardagi cho’kish hodisasini, suv fil’tratsiyasi vaqtida juda mayda va 
nozik zarralarning suv bilan birga chiqib ketishi hisobiga lyosslarning keyinchalik 
zichlanishi deb tushuntiradilar. Birinchi turdagi gipotezalar – suvni gruntga 
ta’siriga turlicha yondoshishdir. Bunda gruntning namligi oshsa, cho’kish hodisasi
sodir bo’ladi, deb hisoblanadi.
YE.A. Zamarin va M.A.Reshetkinlar cho’kish hodisasi vujudga kelishida
lyosslardagi ko’zga ko’rinadigan yirik g’ovaklar katta rol’ o’ynaydi deb 
hisoblaydilar. 


121 
Nisbiy cho’kuvchanlik quyidagicha aniqlanadi: 
0
1
h
h
h
S



(14.1) 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling