Muhandislik geologik tadqiqotlar


 YER OSTI SUVLARINING PAYDO BO’LISHI, FIZIKAVIY-


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   192
Bog'liq
-qullanma

15. YER OSTI SUVLARINING PAYDO BO’LISHI, FIZIKAVIY-
KIMYOVIY XOSSALARI. YER OSTI SUVLARINING YOTISH 
SHAROITI BO’YICHA TURLARI 
15.1. Yer osti suvlarining paydo bo’lishi. 
Yer yuzidagi suv har doim harakatda bo’ladi. Dengiz, okean va quruqlik 
yuzalaridagi suv bug’lanib, atmosferaga ko’tariladi. 
Ma’lum sharoitlarda atmosferadagi suv bug’lari kondensatlanib, qor, 
yomg’ir shaklida yer yuzasiga, suv havzalariga qaytib tushadi. Shu tariqa suvning 
tabiatda aylanishi kuzatiladi (15.1- rasm). 
Atmosfera yog’inlari va yuzaki suvlar yerga shimila borib, yer qobig’ini 
geologik sharoiti, tog’ jinsining suv o’tkazuvchanligi, haroratiga qarab yer osti 
suvlarini hosil qiladi. 
Atmosfera suvlaridan tashqari yer 
qobig’ida chuqurlik suvlari avjuddir. 
Ular 
kislorod 
va 
vodorodning 
birikishidan hosil bo’lib, erigan va 
asta - sovib borayotgan tog’ jinslari-
dan 
ajralib 
chiqadi. 
Atmosfera
suvlarining yerga shimilishidan hosil 
bo’lgan suv - fil’trlanish suvlari deb 
ataladi. Atmosfera yog’inlari qancha 
ko’p bo’lsa, u gravatatsion suv shaklida, tuproqda to’planib, seqin oqa boshlaydi 
va bug’lanish bo’lmaydigan chuqurlikgacha kirib boradi. Shu tariqa yer osti 
suvlarining o’rni har doim to’lib turadi.
Yer osti suvlari infil’tratsiyadan, ya’ni atmosfera suvlarining yerga 
singishidan tashqari, kondensatsiya yordami bilan ham hosil bo’ladi. 
Kondensatsiya deganda atmosferada tuproqka kirgan suv bug’ining suvga 
aylanishi jarayoni tushuniladi. Yer ustidagi havo suv bug’iga to’yingan bo’lsa,
hamma vaqt suv bug’i tuproqqa kira oladi. Tuproq harorati pastroq bo’lsa, 
tuproqqa kirib borgan bug’ quyuqlashib, kondensatlanib suvga aylanadi. 
15.1 – rasm. Suvning tabiatda aylanishi; 
A – kichik; B – katta. 


125 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling