Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
16.4 - rasm. Atezian havzaning qirqimi:1- suv o’tkazmaydigan qatlam. 2-tuproq
suvi, 3-grunt suvi, 4-daryo,5- buloq, 6-qatlamlar orasidagi pastga tushuvchi yer osti suvi, 7-qatlamlar orasidagi ko’tariluvchi yer osti suvi, 8-suv o’tkazmaydigan qatlam Bosimli suvlar to’yinish sohasidan uzoq yo’lni o’tib, tog’ jinslari bilan uzoq vaqt kontaktda bo’lganligi sababli, grunt suvlariga qaraganda ko’proq minerallashgan bo’ladi. O’zbekiston mineral suvlarining shifobaxshlik xususiyatlarini o’rganish, ulardan juda ko’p kasalliklarni davolashda muvaffaqiyat bilan qo’llanilmoqda. Hozirgi vaqtda mineral suv manbalari bazasida bir necha sihatgohlar qurilgandir. Andijon viloyatidagi Janubiy Olamushuk va Polvontosh shifoxonalari, Surxondar’yo viloyatidagi Jayronxona ishfoxonalari, Farg’ona viloyatidagi Chimyon shifoxonasi, Namangan viloyatidagi Chortoq shifoxonalari shular jumlasidandir. Toshkent yaqinidagi artezian havzasining mineral suvlaridan oshqozon, ichak, jigar kasalliklarini, moddalar almashinushiga xos va boshqa kasalliklarni davolashda muvaffaqiyat bilan foydalanilmoqda. Toshkent va Farg’ona mineral suvlari Respublikamizdagi eng yaxshi ichiladigan suv sifatida hammaga manzur bo’lmoqda. 136 16.2.Yer osti suvlarining harakatlanish qonuniyati. Ko’plab qurilish, sanoat, turar joy binolari, to’g’onlar, temir yo’l va avtomobil yo’llari qurish masalalarida yer osti suvlarini harakatlanish qonuniyatini bilish shartdir. Suvning harakatlanishida laminar va turbulent oqim harakati kuzatiladi. Suvning laminar harakati fil’trlanishning asosiy qonuniyatiga bo’ysunadi. Bosimsiz yer osti suvlarining harakati gidravlik bosim yuqori (sathli) joydan, past bosimli joyga tomon harakatlanadi. (16.5-rasm). Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling