Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16.QATLAMLARARO YER OSTI SUVLARI HARAKATLANISH QONUNIYATI VA OQIM SARFI 16.1. Qatlamlararo yer osti suvlari.
133 16.1 - rasm. Artezian suvining yer yuzasiga chiqishi. Yoy (mul`dasimon) shaklda bosimli suvli gorizontining yotishi, a 1 a va bb 1 – suvli gorizontning yer yuzasiga chiqishi. 16.QATLAMLARARO YER OSTI SUVLARI HARAKATLANISH QONUNIYATI VA OQIM SARFI 16.1. Qatlamlararo yer osti suvlari. Qatlamlararo suvlar ikkita suv o’tkazmaydigan qatlam ichida joylashgan bo’lib, yuqorisidagisi uning tomi va pastki qatlam asosi bo’lib hisoblanadi. Bunday suvlar bosimli va bosimsiz bo’lishi mumkin. Bosimli suvlar suv o’tkazuvchi qatlamning hammasini to’ldirib turadi. Ularning to’yinish sohasi suvli qatlamning yer yuzasiga chiqqan joyi hisoblanadi. Suvning bosimligi p’ezometrik sath bilan xarakterlanadi. Bosimli suvlarning to’yinish sohasi tarqalishi sohasi bilan mos kelmaydi. Shuning uchun bosimli suv qatlamlariga suv yer yuzasiga chiqadigan maydondan ko’pincha o’nlab va hatto yuzlab kilometr uzoqdan sizib keladi. 16.2-rasm. Bosimli suvning p’ezometrik yuzasi: H-p’ezometrik sath o’lchami, m- suvli qatlam qalinligi, AA-p’zometrik sath Bosimli suvlar ikki turga ajratilishi mumkin: fontan bo’lib otilib chiqadigan bosimli suvlar (16.1-rasm) va otilmasdan chiqadigan bosimli suvlar (16.2-rasm), otilmasdan chiqadigan bosimli suvlar subartezian suvlari deb ataladi. Artezian termini Frantsiyadagi Artua viloyatining nomidan kelib chiqib, 134 7.9 - rasm. Qatlamlarning monoklinal yotishidagi artezian suvi: 1–to’yinish manbai; 2–suv to’sar qatlamlar; 3–suvli qatlam; 4–fontan suvli burg’u quduqlar; 5–bosimning balandligi;6– p’ezometrik yuza. qadimda bu viloyat Arteziya deb atalar edi. 1126 yilda bu viloyatda kovlangan quduqdan katta bosimli suv otilib chiqqan edi. Shunday buyon otilib chiquvchi suv olish uchun kovlanadigan quduqlar artezian quduqlari deb ataladi. Artezian suvlari to’yinadigan soha bu yerlardan foydalaniladigan joyga nisbatan tamomila boshqacha balandlikka bo’lishi mumkin (16.2-rasm) Artezian havzasining suv bilan to’lib turadigan qismi manba deb ataladi. Quduq kovlanganda havza suvining sathi quduq og’zidan ham yuqori ko’tariladigan qismi bosimli qism deyiladi. Artezian bosimli suv resurslari sarf bo’ladigan qismi bo’shaluvchi qism deb ataladi. Artezian suvlari to’yinadigan, yig’iladigan, shuningdek oqib chikadigan joylar artezian suvlari havzasini tashkil qiladi. (16.3- rasm). Bizning Respublikamizdagi Sirdaryo, Amudaryo va Ustyurt artezian havzalari va boshqalari bunga misol bo’la oladi. Sirdaryo artezian havzasi Farg’ona, Toshkent oldi, Chimkent, Qizilqum, Orol yaqini havzalari va boshqalarga bo’linadi. Bu artezian havzalari atrofida suvli bir qancha gorizont bo’lib, ular o’ziga xos xususiyatlari bilan bir –biri bilan farq qiladi. Masalan, Farg’ona artezian havzasi atrofida yigirmaga yaqin suvli gorizont borligi аниқланган. Shu bilan birga, suvli gorizontlar katta (3500 m gacha) chuqurlikda joylashgan bo’lishiga qaramay bosim kuchi nihoyatda katta bo’lganligidan murakkab nasos qurilmalar ishlatishni talab etmaydi, chunki ko’p hollarda suv quduqdan o’zi otilib chiqib, fontanlar hosil qiladi. Burg’u quduqlar orqali suvli gorizont ochilganda suvning sathi ko’tariladi. Suvning bosimli ekanligini p’ezometrik sath belgilaydi. P’ezometrik sathning doimiy va nisbiy balandligi bo’ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling