Muhandislik geologik tadqiqotlar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   192
Bog'liq
-qullanma

bu yerda: h – Tabiiy namlikda olib tekshirilayotgan namunaning tabiiy va
bino bosimi ta’siridagi balandligi, mm.
h
1
– tekshirilayotgan namunaning tabiiy va bino bosimi ta’sirida
namlangandan keyingi balandligi, mm. 
h
0
– tabiiy namlikda olib tekshirilayotgan namunaning tabiiy bosim 
ta’siridagi balandligi, mm. 
S – ning qiymati buyicha jinslar quyidagicha bo’ladi: 
Agar S> 0,01 bo’lsa, cho’kish hodisasiga ega ekanligi va S< 0,01 bo’lsa –
amalda cho’kuvchanlik xossasiga ega emasligi aniqlanadi. 
Shuni nazarda tutish lozimki: 
Lyoss va lyossimon jinslardagi cho’kish zonasi, yer yuzidan 8...10m,
ba’zan 20...25 m chuqurlikda ro’y berib, nisbiy cho’kuvchanlikni 30...40m ga 
yetadigan butun lyossli jinslar qalinligiga hisoblanmasdan, faqat yuqori qatlamlari 
uchun hisobga olinadi. 
Cho’kuvchanlikni asosiy aniqlovchi chegaralar lyossimon jinslarning 
zichligi va g’ovakligidir. 
Zichlik qiymati – 1,7g/sm
3
, g’ovakligi esa – 80% atrofida bo’lib, bular 
ushbu ko’rsatgichlarning yuqori qiymatlari hisoblanadi. 
Laboratoriya 
sharoitida 
lyossimon 
jinslarning 
cho’kuvchanligini 
kompression asbobda, dala sharoitida esa – shtamplar bilan tekshirib ko’riladi. 
Tabiiy namlikdagi (1) va suvga to’yingan (2) lyossimon jinsning
zichlanishining egri chiziqlari (14.12-rasm) da ko’rsatilgan. Birinchi qabariqli egri 
chiziq (1) - katta bosim ostida, jinsning yuqori darajada zichlanganligini 
ko’rsatadi. Ikkinchi egri botiq chiziq – uncha katta bo’lmagan bosimdagi, yuqori 
zichlanganlikni ko’rsatadi. Birinchi holda, bog’lanishlar anchagina mustahkam 
bo’lib faqatgina kuchayib borayotgan zo’riqishlardan buzilsa, ikkinchi holda 


122 
bog’lanish mustahkamligi lyossimon jinsni suv bilan namlanganda sezilarli 
darajada pasayadi. 1 va 2 egri chiziqlarni, bir - biridan farqlanishi tabiiy namlik-
dagi va suv bilan namlangandagi zichlanish darajasi turlicha bo’lishligini 
ko’rsatadi va lyossimon jinslar uchun cho’kuvchanlik mezoni bo’lishi mumkin. 
Ikki egri chiziqli grafik – lyossimon jinslarning cho’kuvchanligi qiymati doimiy 
bo’lmasdan, balki siquvchi kuchga bog’liqligini ko’rsatadi. Ikki egri chiziqli 
grafik usuli, bosimning har qanday qiymatiga tanlab olingan oraliqdagi 
cho’kuvchanlikni aniqlashga imkon beradi (14.13-rasm). 
Cho’kuvchanlikni bitta egri chiziq yordamida aniqlash usuli, mavjud 
bo’lib, bu usulda jinsdan 1 ta namuna olinib, oldindan belgilangan yuklamaga
moslab namlanadi (14.14- rasm). 
Birinchi egri chiziq usuli inshootning ishlash sharoitidagi jinsning
haqiqiy holatini ifodalaydi deb hisoblanadi.
Hozirda laboratoriya sharoitida sinash chog’ida cho’kuvchanlikni
aniqlashda namunaga inshoot og’irligi va ustidagi namlangan grunt og’irligidan 
kam bo’lmagan kuchda sinashni tavsiya qilinmoqda. 
Dala sharoitidagi cho’kuvchanlikni shtamp usulida aniqlash laboratoriya 
usuliga qaraganda aniqroq bo’ladi. Shtamp usuli bilan aniqlashda, namlangan 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling