Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
Haqiqiy plivunlar – koagulyatsion yoki aralash bog’lamli jinslar - gilli
qumlar bo’lib, qumoq va qumloq tuproqlardir. Strukturaviy bog’lanishlar sababi, uning tarkibida yuqori gidrofil’ xususiyatli, gilli va kolloidli zarralar (0,0001 mm dan kichik) bo’lishligidir. Plivunlik holatiga o’tishlik, uncha katta bo’lmagan gidrodinamik bosim va o’ziga suv tortib oladigan (gidrofilli) kolloidli va gilli zarrachalar borligi bilan tushuntiriladi. Ana shu zarralar atrofida bog’langan suvlar qobig’i to’planib, strukturaviy bog’lanishni kuchsizlantirib,jinsning suv o’tkazuvchanligini kamaytiradi. 113 Fil’trlanish koeffitsienti qiymati juda kichkina bo’lib, u 0,005 – 0,0001 sm/sek oralig’ida bo’ladi. Haqiqiy plivunlarning suvsiz holatidagi o’rta zichligi 1,8 - 2,2 t/m 3 ga teng. Plivunlvrning suyulishi namlik darajasi to’la nam sig’imidan kichik bo’lganda ruy beradi. Kolloidli zarralar suvni kul rangdan oq ranggacha bo’yaydi. Uni distillangan suvda chayqalganda, idish tubida turg’un suspenziya hosil bo’ladi. Haqiqiy plivunlar quritilganda, kolloidli zarralarning yelimlovchi qobiliyati tufayli, deyarli qattiq, mustahkam, sementlashgan massalarni hosil qiladi. Haqiqiy plivunlarga xos bo’lgan xususiyat, ularni namlikni kam ajratib chiqarishidir. Ular asosan fizik bog’langan suv hisobiga «oqadi». Qurilish amaliyotida jinsning plivunlik holatiga o’tish qobiliyati va uning turini aniqlab olish muhimdir. Buni qator ko’rsatkichlar bo’yicha tajriba tahlillari asosida aniqlash mumkin. Jinsning plivunlik hodisasiga moyilligini, suvni yo’qotilishi (suvsizlanishi), yuqori g’ovaklikka ega bo’lgan (43% dan ko’p) jinsda ko’proq, mayda zarrali jinslarda kamroq bo’ladi. Dala sharoitlar qurilish hududini ida plivunlikka moyillikni, burg’u quduqlarini qazishdagi suvli gruntlar namunasidan bilsa bo’ladi. Plivunlikni qaysi turiga mansubligini aniqlash mushkulroqdir. Buning uchun qurilish hududini to’laligicha, muhandislik geologik va gidrogeologik sharoitlari o’rganib chiqilishi kerak bo’ladi. Plivunlikni aniqlashni boshqa ko’rsatkichlari ham bor. Masalan, haqiqiy plivun handaqlaridagi suv rangi xuddi sement sutiga o’xshagan bo’ladi. Handaqdan olingan bir bo’lak qum, nami qochgan gruntga o’xshagan bo’ladi, o’zidan suvni yo’qotmaydi va asta-sekin kulchaga o’xshab qotib qoladi. Plivunning sirt yuzasi tortishish katta bo’lganligi sababli, uning ustida yursa ham bo’ladi. Suvli idishga solingan, turg’un suspenziyani beradi. Plivunlar qurilish ishlarini qiyinlashtiradi. Plivunlari berk xududga ichiga olinsa, ular, yaxshigina asos bo’la oladi, lekin bu vazifa mushkuldir. Plivunlar qo’qqisdan, poydevor tagidan, sizib chiqishi mumkin. Bu esa yerning surilishi, cho’kishiga olib keladi, ustidagi imoratlar deformatsiyaga uchratadi. 114 Plivunlar bilan kurashish ancha sermashaqqat bo’lib, har doim ham ko’zlangan maqsadga olib kelmaydi. Bunday hollarda kotlovan (xandaqlar) qazishdan voz kechib, qoziqsimon poydevorlar variantini qo’llash, yoki poydevorni oquvchi qatlamlargacha olib bormaslik kerak. Kurash usulini tanlashda plivunning ko’rinishi muhim rol’ni o’ynaydi. Plivunlarga qarshi kurashni quyidagi 3 guruhga bo’lish mumkin: 1) Oquvchan jinslarni qurilish davrida sun’iy ravishda quritish (xandaqlardan suvni tortib chiqarish, ignafilotrlar) va x.k; 2) Shpuntlar yordamida plivunlarni to’sib qo’yish; 3) Plivunlarni o’zini ularni fizik xossalarini o’zgartirish yo’li bilan (silikatlashtirish, sementlashtirish, muzlatib qo’yish, elektrokimyoviy usullar va x.k.). Soxta plivunlarga qarshi hamma usullarni ishlatish mumkin. Haqiqiy plivunlarga qarshi faqat to’siqlar bilan to’sib qo’yish usuli, muzlatib qo’yish va elektrokimyoviy yo’l bilan qotirishdir. Yer osti qazish ishlarini olib borishda, plivunning suvi bosimini muvozanatga keltirish uchun yuqori bosim qo’llaniladi. Plivunlarni quritish imkoniyati-fil’trlanish koeffitsientiga bog’liq bo’ladi. Agar Kf 1 m/sut - bo’lsa suvni quduqdan tortib chiqariladi; К f 1,0...0,2 m/sut bo’lsa, maxsus qurilma - ignafil’trlar ular 5-6m chuqurlikgacha quritib borsa, maxsus qurilmali ignafil’trlar esa 12-15m va undan chuqurroqgacha ham quritib boradi. Kf 0,2 m/sut bo’lsa, ignafil’trlarni elektrodrenaj bilan birgalikda ishlatiladi. Qurilish kotlovanini (xandaqni) plivundagi shpuntli to’siq bilan ajratib qo’yish vazifasi asinsini qirqib, bosimni o’zligiga olishdir. Yog’ochli shpuntlarni 6-8m chuqurlikgacha, metallisi esa 20-25 mgacha qoqib boriladi. Shag’alli yoki qattiq gruntli qatlamlarga shpuntlarni qoqib bo’lmaydi. Plivunlarni muzlatish vaqtinchalik tadbir bo’lib xisoblanadi. Bu maqsadda yilning sovuq oylari yoki maxsus muzlatgichli qurilmalar ishlatiladi. Qish oylarida 115 xandaqlarni 20-30 sm li bosqichma-bosqich qilib qazib boriladi. Sun’iy muzlatishda xandaq atrofi bo’ylab, quduqlardan – 20 - 40 0 C gacha muzlatilgan CaCl 2 eritmasi oqiziladi. Bu xandaq atrofida suv o’tqazmaydigan muzlatilgan zona hosil qiladi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling