Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
14.12-rasm. Suvga to’la
to’yingan va tabiiy namlikdagi lyossimon jinslarning zichlanish grafigi . 14.13-rasm. Oldindan ivitilgan (1) va tabiiy namlikdagi (2) lyossimon tog’ jinsining zichlanish grafigi 14.14-rasm. Lyossimon tog’ jinsining zichlanishini ifodalovchi egri chiziq. 123 jinslarni, inshoot og’irligi va jins ustida yotgan massalariga teng bo’lgan yuklamadagi kuch bilan sinab ko’riladi. Cho’kish hodisasi xalq xo’jaligida juda katta qiyinchilik tug’diradi va zarar keltiradi. Lyoss va lyossimon jinslar ustiga bino va turli inshootlar qurilsa, zamindagi jinslar ozgina zichlanadi, ammo bir oz ta’sir etsa, ular juda tez zichlanadi, o’z hajmini kamaytiradi va cho’kish vujudga keladi. Bino va inshootlar zamindagi jinslar bilan birga cho’kadi. Cho’kish bir tekis, oz va sekin bo’lsa, bino va inshootlar uchun uncha xavfli bo’lmaydi, agar cho’kish notekis, bir joyda tez, ikkinchi joyda sekin bo’lsa, bino yoki inshoot qiyshayadi, ba’zan esa qulab tushadi. Cho’kish hodisasini o’rganish bino va inshootlarni loyihalashda kata ahamiyatga ega. Cho’kuvchanlik hodisasiga qarshi kurashda quyidagi muhandislik chora- larini ko’rish mumkin: 1. Cho’kuvchanlik oqibatida, binolar, inshootlar, qurilmalarni shikast- lanishini oldini olish uchun qilingan konstruktiv choralar. 2. Lyoss va lyossimon jinslarni, atmosfera, yer osti, maishiy va ishlab chiqarish suvlari bilan namlanmasligi uchun maxsus saqlovchi moslamalar o’rnatish. 3. Gruntlarni su’niy ravishda qotirish, buning uchun silikatlash yoki kuydirish usullaridan foydalanish mumkin. Imoratlar asosidagi cho’kuvchan gruntlarni imkoni bo’lsa, ko’chirib, o’rniga, zich, cho’kmaydigan gruntlarni joylashtirish lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling